Sirojiddin Sayyid: Yaxshilik eskirmagay

0
921
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid “Yaxshilik eskirmagay” turkumi bilan qirq hadisning poetik ifodasini benihoya jozibali misralarda aks ettirgan. Ushbu  turkum  salohiyatli shoirning ikki jilddan iborat  “Soʻz yoʻli” kitobiga kirgan  zamonaviy milliy adabiyotimizda qadimiy nazmiy anʼanalar qayta tiklangan goʻzal bitiklardir. Undan baʼzilarini eʼtiboringizga havola qilamiz.

MEROS

Hech bir ota oʻz farzandiga xulqu odobdan ulugʻroq meros bera olmaydi.

Otadan farzandga ne yuqar bir kun?

Molu davlatimi – u tugar bir kun.

Qasru ayvonlari topgaymu eʼzoz?

Qanday meros yaxshi, qaysi meros soz?

Bilsang,  hech bir ota oʻz farzandiga,

Oʻzidan soʻng qolar jigarbandiga

Meros berolmagay chiroyli va xos,

Xulqu odobdin ham ulugʻroq meros.

YARIM DAVLAT

Qaysi bir moʻminga Xudo soliha  xotin nasib  qilgan boʻlsa, demak uning diyonatining yarmiga yordam qilibdi. Qolgan ikkinchi yarmi uchun uning oʻzi harakat qilsin!

Hayoli, koʻngilchan bir solihani

Xudoyim umringga hamdam qilibdi.

Demakkim, imonu diyonatingning

Yarmiga u  oʻzi yordam qilibdi.

Senga muruvvatu ehsoni shuldir,

Shuldur uyingdagi raxshon yulduzing.

Qolgan yarmi uchun oʻzing jon chekkil,

Oʻzing azob tortgil, intilgil oʻzing.

Suvratda: Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid  onasi bilan

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.