SOGʻLOM BOLA TARBIYASINING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK OMILLARI

0
2172
marta koʻrilgan.

Jamiyatga taxdid kiladigan kotil, oʻgʻri — kissavur va firibgarlarning oilaviy hayoti tekshirilganda bu salbiy xislatlar mexr-muhabbatsiz oʻsgan bolalarning oilada olgan tarbiyasi natijasi ekanligi maʼlum boʻldi.

Ota, bola va ona — bu uchlik doimo bir-birini sevishi kerak. Sevgi boʻlmagan joyda bolaning soglom oʻsishi mumkin emas. Ota-onalar koʻrsatadigan eng chiroyli oʻrnaklaridan biri bir-birlariga boʻlgan sevgilarini bolalariga koʻrsatishlaridir. Asosan otalar bunga juda eʼtiborli boʻlishlari kerak. Bir-birlarini sevgan ota-onalari yonida bolalar oʻzlarini juda baxtli xis kiladilar. Namunali ota-ona tarbiyasini koʻrmagan bolalar esa voyaga yetib, turmush qurganlarida oʻzlari ham shunga oʻxshash muammolarni boshlaridan oʻtkazishlari mumkin.

Oilada mexr keragicha berilmagani natijasida bola salbiy xislatlarga odatlanib qoladi. Oila muhitida eʼtiborsiz koldirilgan bola oʻziga ishonchsiz boʻlib koladi, xulki yomonlashadi. Sogʻlom farzand tarbiyalashda boʻlajak ota-onalar bolada har bir yosh davrlarida kechadigan ruhiy xolatlar haqida tushunchalarga ega boʻlishi kerak. Bolaning olamiga uning dunyosi bilan kirib borish kerak. Bunda boʻlajak ota-onalarda farzand tarbiyasiga boglik kuyidagi boskichlar xakida tasavvurlarni shakllantirish maqsadga muvofikdir.

I bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Boʻlajak ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi xakida pedagogik, psixologik, maʼnaviy-madaniy va tibbiy tushunchalarni berish hamda bu masalalarga tibbiyot xodimlarini, obroʻli xotin-qizlarni, ibratli ota-onalarni jalb kilish va suhbatlar tashkil qilish kerak.

II bosqich. Farzandning maktabgacha boʻlgan davridagi jismoniy, akliy va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash borasida ularga rasm chizish, vokealarni bayon kilish, oʻziga-oʻzi xizmat kilish, koʻshik aytish va raksga tushish, mustakil ravishda bilim olishni, oʻrgatish maksadida maktabga tayyorlash guruxlari, ishini tashkil kilish lozimligini yosh ota-onalarga tushuntirish.

III bosqich. Kichik yoshdagi (6-11 yosh) maktab davrida bolalarning jismoniy, maʼnaviy va ijtimoiy shakllanishini taʼminlash, ularning ilk iktidori, kizikishi va akliy imkoniyatlarini aniklash, oʻz xatti-harakatlariga javobgarlik xissini tarbiyalash, boʻsh vaktini toʻgri tashkil kilish, atrof- muhitga ongli munosabatni, vatanparvarlikni shakllantirish uchun ota-onalar pedagogik va psixologik bilimlarga ega boʻlishi shart

IV bosqich. Jamoatchilik bilan hamkorlikda oʻsmirlarning (11-16 yosh) kizikishini ilmga chankoklik va akl zakovatini hisobga olgan xolda ijtimoiy faoliyatga tortish, jismoniy baquvvat boʻlishini taʼminlash, turli kasblarga yoʻnaltirish, jamoatchilik asosida oʻz oʻrnini topishga koʻmaklashish, oʻz xatti-harakatlari, konun va ota-ona oldida javobgarlik tuygusini shakllantirish.

 XULOSA. Demak, ota-ona boʻlish ulugʻ baxt ekan, uning masʼuliyatli vazifasini ham bilishimiz shart va zarurdir. Shunday qilib, oila jamiyatning eng kichik yacheykasi boʻlsada, jamiyat aʼzolarini maʼnaviy, maʼrifiy, jismonan soglom va barkamol shaxs boʻlib yetishishida katta maktab hisoblanadi.

Sayyora.MIRZAYEVA, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Psixologiya kafedrasi dotsenti

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.