Turkiy karvon kelmoqda, qarang

0
747
views
 
Qoʻngʻiroqlar soladi jarang,
Taqdir ipi tortilgan tarang.
Boʻzlab soʻzlab, soʻzlabu, boʻzlab,
Turkiy karvon kelmoqda, qarang.
 
Toʻrt yon ketgan Yofas avlodi,
Bir nigoh, bir nafas avlodi.
Aslo emas qafas avlodi,
Turkiy karvon kelmoqda, qarang.
 
Tarix oshib, kengliklar osha,
Eng bilmagan engliklar osha.
Tengsizliku, tengliklar osha —
Turkiy karvon kelmoqda, qarang.
 
Erkin dashtu, qirlashmoq istab,
Toʻkin dardu, sirlashmoq istab.
Bir kun mangu birlashmoq istab —
Turkiy karvon kelmoqda, qarang.
 
Qoʻngʻiroqlar solmoqda jarang…
Qoʻngʻiroqlar solmoqda jarang…
Qoʻngʻiroqlar solmoqda jarang…
 
Bobur BOBOMUROD,
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here