Vatan mustaqilligining 30 yilligi arafasida Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali» davlat muassasasi siyosiy sharhlovchisi Normurodova Inobatxon «Sogʻlom turmush» medali sohibasi boʻldi.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Inobatxon OAVlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda ham faol qatnashadi. Inobat Oydin tahallusi bilan ijod qiladi.
GUJUM. uz tahririyati Inobat Oydinni davlatimizning goʻzal eʼtirofi bilan qutlab, ijodidan namunani eʼtiboringizga havola etadi.
Yonimdagi bu ayol — dugonam Gavharjon!
Gavhar Ibodullayevani hamma taniydi, deb oʻylayman. Chunki uning Xorazm ohanglarini taratuvchi judayam koʻp sheʼrlari, gʻazallari, qoʻshiqlari bor. Katta-katta davralarda koʻp bora oʻqigan, eshitganman. Beshtami, adashmasam oltitami sheʼriy toʻplamlari nashr qilingan…
Ayni paytda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat boʻlimining masʼul xodimi. U bilan Zominda, Oʻriklisoyda koʻrishdik. Xorazmlik yosh isteʼdodlarni seminarga olib kelgan ekan. Xabaringiz bor, 5-8 iyul kunlari yurtimizning turli joylaridan kelgan yosh isteʼdodlar va ustozlar Zomin seminarida ishtirok etdilar. Uchrashuv hayajonlarini, ilhomlarini qayta-qayta yozayapmiz. koʻngillarimizda mavj urib turgan asarlar bitilayapdi.
Seminarda Gavharjon olib kelgan xorazmlik toʻrt nafar yoshlarning badiiy asarlari ham yuqori baholandi. Yaxshi tayyorgarlik koʻrishganakan. Har birlarining asarlarida yosh ijodkorning bedor yuragi koʻrinib turibdi. Juda xursand boʻldim. Hatto Hulkaroy Sharipovaning Komil Xorazmiy ijodi boʻyicha yozgan publitsistik maqolasi «Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati » gazetasida chop qilindi.
Kechqurun Navoyi kon metallurgiya kombinatining sihatgohida dam oluvchilar bilan chiroyli sheʼriyat kechasi tashkil etildi. Unda hammamiz sheʼrlar oʻqidik. Oʻzbekiston Xalq shoirlari Enaxon Siddiqova, Mahmud Tohir, shoiralar Umida Abduazimova, Gavharjon, Munavvara Usmonova, Zebo Mirzayeva, shoirlar Farmon Toshev, Salim Ashur, Shuhrat Orif va boshqalar.
Shuhrat Daryo aytgan jonli ijrodagi qoʻshiqlarni oʻylaymanki, hamma mazza qilib eshitdi. Togʻda kun salqinroq boʻladi,, ayniqsa, shomdan keyin, sal shabada boʻlib etni junjuktirar havoda ham hech kim joyidan qimirlamadi, ketgisi kelmadi. Davrada senator, kombinat rahbari Quvondiq Sanaqulovning ishtiroki ham oʻzgacha ruh berdi.. Quvondiq aka ilgaridan sheʼrga, adabiyotga, sanʼattga ixlosi baland inson. 60 mingdan oshiqroq odam ishlaydigan Navoiy kon kombinatida xodimlarning nafaqat jismonan balki maʼnan, ruhan chiniqishlari uchun hamma sharoit mujassam. Zomin seminaridan foydalanib oʻtkazilayotgan uchrashuv ham ana shundan darak boʻldi.
Gavharjon bilan uchrashuvdan soʻng uzoq oʻtirib gaplashdik,, tanishgan yillarimizni esladik…. Ungayam ancha boʻpqoldi. 1999-2004 yillar Oliy Majlis deputati edi. Xokimiyat vakillik organlaridan Oliy Majlis deputatligiga saylangan. Qalami juda oʻtkir, soʻzlariyam shunday. Minbarga chiqib bemalol fikrini bildira oladigan deputatlardan biriydi. Oʻzi xorazmliklar anchagina oʻtkirroq edilar. Adashmasam Shakarjon opa Xoʻjaniyozova, Azimboy Saʼdullayev, Ibodulla Boyjonov, Xozorasp shakar zavodining direktori ismlari yodimdan koʻtarilibdi, deputat edilar. ismlarini hozir eslolmadim
Ularning koʻplari hayotda yoʻq. Ollox rahmat qilsin, ayniqsa, Shakarjon opaning mehnatlari, Xorazm xalqi uchun qilgan xizmatlarini, xoʻp gapirish mumkin.
Gavharjon gap orasida yangi kitoblarini nashriyotlarga topshirayotganini aytdi. Xursand boʻldim.. Keyingi vaqtlari salomatligi,, oilasidagi yoʻqotishlar bilan bogʻliq muammolarga uralashib qolgan edi. Sheʼrga, adabiyotga suyanib yana ishiga qaytgani, salomatligi izga tushgani meni suyuntirdi. Sir emaski butun dunyo sinovli kunlarni boshidan kechirayotgan kunlarda bir birimizga dalda, quvvat boʻpturganimiz, bir-birimizni sogʻinganimiz va asrab avaylaganimiz hammasidanam muhimroqdir.
Yana yuz yillar sogʻlik, salomatlikda koʻrishib yuraylik, Gavharjon!!
Inobatxon Normurodova, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi