Vatan mustaqilligining 30 yilligi arafasidagi shodiyonalar: Normurodova Inobat  – «Sogʻlom turmush» medali  sohibasi

0
335
marta koʻrilgan.

Vatan mustaqilligining 30 yilligi arafasida Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali» davlat muassasasi siyosiy sharhlovchisi Normurodova Inobatxon «Sogʻlom turmush» medali  sohibasi boʻldi. 

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Inobatxon OAVlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda ham faol qatnashadi. Inobat Oydin tahallusi bilan ijod qiladi.

GUJUM. uz  tahririyati  Inobat Oydinni davlatimizning goʻzal eʼtirofi bilan qutlab, ijodidan namunani eʼtiboringizga havola etadi.

Yonimdagi  bu  ayol   —  dugonam  Gavharjon!

Gavhar  Ibodullayevani  hamma taniydi,   deb  oʻylayman.  Chunki  uning  Xorazm  ohanglarini  taratuvchi  judayam  koʻp    sheʼrlari,  gʻazallari, qoʻshiqlari   bor.    Katta-katta  davralarda   koʻp  bora   oʻqigan,  eshitganman.  Beshtami,   adashmasam  oltitami  sheʼriy  toʻplamlari  nashr  qilingan…

Ayni  paytda  Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi  Xorazm viloyat boʻlimining   masʼul  xodimi.   U bilan  Zominda,  Oʻriklisoyda  koʻrishdik. Xorazmlik  yosh isteʼdodlarni   seminarga  olib kelgan ekan.  Xabaringiz  bor,  5-8  iyul  kunlari  yurtimizning turli  joylaridan  kelgan   yosh isteʼdodlar va ustozlar  Zomin seminarida  ishtirok  etdilar.  Uchrashuv hayajonlarini,  ilhomlarini  qayta-qayta  yozayapmiz.  koʻngillarimizda  mavj urib  turgan  asarlar bitilayapdi.

Seminarda  Gavharjon olib kelgan  xorazmlik  toʻrt  nafar   yoshlarning   badiiy  asarlari  ham  yuqori  baholandi.  Yaxshi tayyorgarlik  koʻrishganakan.  Har  birlarining  asarlarida  yosh  ijodkorning bedor yuragi koʻrinib  turibdi. Juda xursand boʻldim. Hatto  Hulkaroy  Sharipovaning  Komil  Xorazmiy ijodi  boʻyicha  yozgan publitsistik  maqolasi «Oʻzbekiston  adabiyoti  va sanʼati »  gazetasida  chop  qilindi.

Kechqurun  Navoyi kon metallurgiya  kombinatining  sihatgohida dam  oluvchilar  bilan  chiroyli  sheʼriyat  kechasi  tashkil  etildi.  Unda hammamiz   sheʼrlar oʻqidik. Oʻzbekiston Xalq  shoirlari Enaxon Siddiqova, Mahmud Tohir,  shoiralar Umida Abduazimova,  Gavharjon,  Munavvara Usmonova, Zebo Mirzayeva,  shoirlar  Farmon Toshev, Salim Ashur,   Shuhrat   Orif    va boshqalar.

Shuhrat  Daryo  aytgan  jonli  ijrodagi  qoʻshiqlarni  oʻylaymanki,  hamma  mazza qilib  eshitdi.  Togʻda  kun  salqinroq  boʻladi,, ayniqsa,   shomdan  keyin,   sal  shabada  boʻlib   etni junjuktirar  havoda  ham  hech  kim  joyidan  qimirlamadi, ketgisi kelmadi.  Davrada   senator,   kombinat  rahbari  Quvondiq  Sanaqulovning  ishtiroki  ham  oʻzgacha  ruh  berdi.. Quvondiq  aka  ilgaridan  sheʼrga,  adabiyotga, sanʼattga ixlosi  baland  inson.   60  mingdan  oshiqroq  odam  ishlaydigan   Navoiy  kon  kombinatida    xodimlarning  nafaqat  jismonan balki  maʼnan,  ruhan  chiniqishlari uchun  hamma  sharoit  mujassam.  Zomin  seminaridan  foydalanib  oʻtkazilayotgan  uchrashuv ham  ana  shundan  darak  boʻldi.

Gavharjon   bilan  uchrashuvdan  soʻng  uzoq   oʻtirib  gaplashdik,, tanishgan  yillarimizni  esladik…. Ungayam  ancha  boʻpqoldi. 1999-2004  yillar  Oliy  Majlis  deputati  edi.  Xokimiyat  vakillik  organlaridan  Oliy  Majlis  deputatligiga  saylangan.  Qalami  juda oʻtkir,   soʻzlariyam  shunday.  Minbarga  chiqib  bemalol   fikrini  bildira   oladigan  deputatlardan biriydi.  Oʻzi   xorazmliklar  anchagina  oʻtkirroq  edilar.   Adashmasam  Shakarjon  opa Xoʻjaniyozova,  Azimboy  Saʼdullayev,  Ibodulla Boyjonov,  Xozorasp  shakar  zavodining  direktori   ismlari yodimdan   koʻtarilibdi,  deputat edilar.   ismlarini  hozir eslolmadim

Ularning  koʻplari  hayotda  yoʻq.  Ollox  rahmat qilsin,   ayniqsa,   Shakarjon  opaning  mehnatlari,  Xorazm  xalqi  uchun  qilgan  xizmatlarini,    xoʻp  gapirish  mumkin. 

Gavharjon   gap  orasida  yangi  kitoblarini nashriyotlarga  topshirayotganini  aytdi. Xursand  boʻldim.. Keyingi  vaqtlari  salomatligi,,  oilasidagi  yoʻqotishlar  bilan   bogʻliq  muammolarga  uralashib  qolgan  edi.   Sheʼrga,  adabiyotga  suyanib  yana  ishiga  qaytgani,  salomatligi  izga  tushgani  meni  suyuntirdi.  Sir  emaski   butun  dunyo  sinovli  kunlarni  boshidan  kechirayotgan  kunlarda  bir  birimizga  dalda,  quvvat boʻpturganimiz,  bir-birimizni   sogʻinganimiz va  asrab  avaylaganimiz   hammasidanam  muhimroqdir. 

Yana  yuz  yillar sogʻlik, salomatlikda  koʻrishib yuraylik,  Gavharjon!!

 Inobatxon Normurodova, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi  aʼzosi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.