Xalq termasi: RAMAZON AYYOMI KELDI!

0
335
marta koʻrilgan.

 Quyoshni ham kuldirib,
 Qalbga surur toʻldirib,
 Doʻstlarni suyuntirib,
 Ramazon ayyomi keldi!

 Sahar turing yoronlar,
 Xatm qiling Qurʼonlar,
 Dod devorsin shaytonlar,
Ramazon ayyomi keldi!

 Gʻaflat oyi emas bu,
 Ovqat oyi emas bu,
 Rahmat oyi demak bu,
Ramazon ayyomi keldi!

Aziz yurtdoshlar hammangizni Ramazon ayyomi bilan chin dildan tabriklaymiz!

Poklanish va yangilanish oyi yurtimizga  tinchlik, fayz va qut-baraka, elimiz odamlariga sogʻliq,  omad, daromad, xursandchilik olib kelsin!!!
Niyat qilib tutgan roʻzalarimiz ijobat boʻlsin!

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.