YANGI YIL: Xonalarda archa hidi…

0
207
marta koʻrilgan.

MUHIDDIN OMON sheʼrida taʼkidlanganidek, yoʻlbars yilida orzular ravo boʻlib, barchamizga BAXT KELTIRSIN!

Biroz tursak sabr etib,
Derazani asta chertib.
Kirib kelar Yap-yangi yil,
Xonalarda archa hidi.

Bezaklarning yorqin nuri,
Hamda sovgʻalar sururi-
Bayramda xush safo boʻlsin
Orzular ham ravo boʻlsin.

Ezgu tilak: salomatlik,
Omad sizga qoʻldosh boʻlsin,
Yil baxsh etsin farovonlik,
Yaxshiliklar yoʻldosh boʻlsin!
Ne bir niyat dilda boʻlsa,
Barchasini naqd keltirsin,
Kirib kelgan Yap-yangi yil,
Barchamizga BAXT KELTIRSIN!

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.