Yoshlar ijodidan: FERUZA XAYRULLAYEVA “QAQNUS PARVOZI”

0
687
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi «Ijod» jamoat fondi moliyaviy koʻmagida yosh shoira Feruza Xayrullayevaning “Qaqnus parvozi” kitobi chop etildi. Kitobning 10 000 nusxada nashr etilgani hukumatimizning yoshlarga boʻlgan eʼtiborini ifodalaydi.

Yosh ijodkorga tahririyatimiz nomidan yanada yuksak parvozlar tilaymiz. Yangi-yangi kitoblar kutib qolamiz. Feruzaxonning hayotidagi birinchi kitobi 10 oktyabr — Xalqaro qizlar kuniga munosib tuhfa boʻldi.

 Quyida isʼtedodli shoir Aziz Saidning ushbu kitob haqidagi fikrlari bilan tanishasiz.

 Feruzaning ilhom va dard bilan yozilgan har bir sheʼrida ayricha ohang bor. Yosh shoiraning bedor ruhiyatida yorugʻlikdan quvonchni, zulmatdan xavotirni, betaʼma muhabbat va ezgulikka fidoyilikni tuyasiz. U insoniyat dardlarini qaytib tushmaydigan qilib osmonga yulduzday sochib yuborishni, baxtni esa zaminga ekinday ekishni orzu qiladi.

 Oʻziga xos nigoh, oʻziga xos tashbeh va obrazlari bilan oʻz tengdoshlari ichida eʼtirofga sazovor boʻlayotgan yosh shoirani sheʼriyat ixlosmandlari ham eʼtirof etishlariga ishonamiz.

  Ahmad Toʻra fotosi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.