Yozuvchi, filologiya fanlari doktori, professor Xurshid Doʻstmuhammad: “HURRIYAT” MUAMMOSI – MILLIY JURNALISTIKAMIZ MUAMMOSI

0
267
marta koʻrilgan.
OʻzA saytida chop etilgan maqoladan: “Oʻzbekiston matbuoti” tugadi. Navbat “Hurriyat”gami?
 
“Oʻzbekiston matbuoti” sohamizga doir yagona jurnal edi. 1918 yildan nashr etila boshlangandi. Roppa-rosa 100 yil toʻlgan yili… fotihasi oʻqilmay, toʻxtatildi. Ushbu yoʻnalishdagi “Hurriyat”ga keldimi, navbat?
 
Bozor munosabatlari, moliyaviy muammolar, qoʻllab-quvvatlashlarning bari oʻz yoʻliga. Men boshqa gapni oʻrtaga tashlamoqchiman.
 
Barcha ayb-karohat JURNALISTLARIMIZNING OʻZLARIDA! Faoliyat yuritayotgan 1500 ta OAV tahririyatlarida taqriban 10000–20000 xodim ishlayotgan boʻlsa kerak? Kasbimiz haqqi-hurmati, tirikchiligimiz manbai boʻlgan sohamiz roʻshnoligi yoʻlida “Oʻzbekiston matbuoti”ga 10 000, “Hurriyat”ga 10 000 nusxada obuna boʻlsak kimga foyda, kimga sharaf, kimga savob, aziz hamkasblar?! Birovning kissasidagi mablagʻni sanashdan yomoni yoʻq, illo boringki, ikki kishilashib hamkorlikda bir yillik obuna uchun aqcha topish shunchalar maholmi?Mushkulmi? Och qolamizmi? Farzandlarimiz rizqini qiyamizmi?..
 
Gap hamkasblar oʻrtasida birlikning, hamjihatlilikning yoʻqligida. Ayni Uyushmamiz bosh-qosh boʻlishi zarur boʻlgan, “Hoy, baraka topgurlar!” deya murojaat qilib chiqsa, “Labbay!” deya quloq soluvchilarning tarqoqligida.
 
Ahmadjon Meliboyevning jon koyitib yozganlari chandon toʻgʻri. “Hurriyat” hammamiz uchun minbar! Ajoyib minbar! “Hurriyat”ning ruhi boshqa hech bir nashrda yoʻq. “Hurriyat”ning soʻzi, lutfi oʻzgacha. Nafaqat sohamiz vakillari, balki barcha-barcha soha kishilari uchun qadrli, foydali, sevimli gazeta. Aytar soʻzimiz uchun yarab turgan minbarning yoʻqotilishi bamisoli oʻz tilimizning qirqilishiga rizolik degandek tuyuladi kishiga. Yoʻq, bugungi qiyin kunlar ortda qoladi, “Hurriyat” chiqishda davom etadi. Uning sahifalarida talashib-tortishib chiqamiz, mushtariylar esa ularni talashib-tortishib oʻqiydilar.
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.