Zahro HASANOVA: Shokoladni kim yegan!

0
126
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni  bilan 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi davlat mukofotlari sohibi boʻldi.

Ular safida GUJUM. UZ caytining hamkori – «Gulxan» jurnali bosh muharriri, bolalarning sevimli shoirasi  Hasanova Zaxro II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan taqdirlanib, hukumatimiz eʼtirofiga erishdi.

Muborakbod etamiz. El-yurtga xizmati bardavom boʻlaversin, ijodida yangidan yangi omadlar tilaymiz.

Mening jajji nabiram

Qoʻgʻirchoqqa doʻq urar.

Shokolad yedingmi,–deb

Uning qulogʻin burar.

–Yostigʻingning tagidan

Tlpib oldim qogʻozin,

Doktorga oboraman,

Ogʻrib qolsa tomogʻing.

Qoʻgʻirchogʻi jim turar,

Kipriklari pirpirab.

Shokoladni kim yegan,

Nabiram yaxshi bilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.