Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi davlat mukofotlari sohibi boʻldi.
Ular safida GUJUM. UZ caytining hamkori – «Gulxan» jurnali bosh muharriri, bolalarning sevimli shoirasi Hasanova Zaxro II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan taqdirlanib, hukumatimiz eʼtirofiga erishdi.
Muborakbod etamiz. El-yurtga xizmati bardavom boʻlaversin, ijodida yangidan yangi omadlar tilaymiz.
Mening jajji nabiram
Qoʻgʻirchoqqa doʻq urar.
Shokolad yedingmi,–deb
Uning qulogʻin burar.
–Yostigʻingning tagidan
Tlpib oldim qogʻozin,
Doktorga oboraman,
Ogʻrib qolsa tomogʻing.
Qoʻgʻirchogʻi jim turar,
Kipriklari pirpirab.
Shokoladni kim yegan,
Nabiram yaxshi bilar.