Bugun bahorning birinchi kuni – oʻzbek xalqining sevimli shoirasi Zulfiyaxonim tavalludi ayyomi!

0
58
marta koʻrilgan.

Oʻzbek xalqining ardoqli  shoirasi Zulfiyaxonim tavalludiga bagʻishlab respublikaning koʻplab maktablarida Zulfiyaxonim qizlarining mushoiralari oʻtkazildi.

Jumladan, Gurlan tumanining Guliston qishlogʻidagi 33-son maktabda Zulfiyaxonimni xotirasiga bagʻishlab, 11 sinf qizlari ishtirokida mushoira boʻlib oʻtdi. Tadbirda ishtirokchi kizlar Zulfiyaxonim hayoti va ijodi toʻgʻrisida malumotlarni qiziqarli tarzda sharhladilar. Zulfiyaxonim sheʼrlari asosida qoʻshiqlar yangradi. Ayniqsa, shoira sheʼrlari asosidagi  mushoira qizgʻin kechdi.

 Tadbirda maktab direktori M. Rajabov soʻz olib, Zulfiyaxonim kizlariga kelajakdagi oʻqishlarida yanada ulugʻvor muvaffakiyatlar  tiladi. Tadbirni tashkil qilgan sinf rahbari D. Amanboyevaga, ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi yosh pedagog Hilolabonuga katta minnatdorchilik bildirildi.

Tadbir soʻngida mushoira ishtirokchilari qimmatbaho sovgʻalar va faxriy yorliklar bilan takdirlandilar.

Jumagul Roʻzmetova, faxriy oʻqituvchi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.