Odam savdosi illati jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan XXI asrning jiddiy muammolardan biridir. Mehnat migratsiyasi hamda axborot almashinuvining kuchayishi odam savdosi bilan shugʻullanadigan jinoyatchi guruhlarga oʻz qabih niyatlarini amalga oshirishga imkon yaratib bermoqda.
Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri boʻlgan odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida yurtimizda ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu illat bilan kurashishda nafakat davlat tashkilotlari, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlar xamda xalqaro tashkilotlar ham manzilli ishlarni amalga oshirmokda.
Poytaxtimizning Yakkasaroy tumani Abdulla Qaxxor mahalla fuqarolar yigʻini guzarida «Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida aholini xabardor qilish» mavzusida Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan mintaqaviy USAID “Odam savdosiga qarshi kurashish” loyihasi doirasida Markaziy Osiyodagi Muvofiqlashtirish ofisi, Fuqarolar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan Yakkasaroy tumani xotin-qizlar qumitasi, Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Yakkasaroy tumani idoralararo komissiyasi xamkorligida davra suhbati oʻtkazildi.
Loyiha trenerlari tomonidan interaktiv usullarni qoʻllagan holda mehnat migratsiyasiga oid Oʻzbekiston va xalqaro xujjatlar, xorijda qonuniy mehnat qilishning tartib-qoidalari, asosiy talablari hamda noqonuniy mehnatning xavfli tomonlari hususida, xorijga mehnat qilish uchun chiqishda nimalarni bilish lozimligi, mehnat migrantlarini kutayotgan muammo va havflar, ularning oila-aʼzolari bilan doimiy aloqasi hususida maʼlumotlar berildi.
Tadbirning ikkinchi qismida odam savdosi qurboniga aylangan mehnat migrantlari uchun Oʻzbekiston elchixonasi va Konsulligi, Mehnat migratsiyasi agentligi, Nodavlat notijorat tashkilotlar “Ishonch-telefon” lari va “Xot-layn”lari aks ettirilgan buklet va flayerlar taqdim etildi.
Bu kabi tadbirlar joriy yilning may-iyun oylarida Sergeli tumanidagi “Sofdil” MFY guzari aholisi, Sergeli politexnika va Sergeli turizm va biznes kollejlari yoshlari oʻrtasida xam oʻtkazildi.
H. QOʻChQAROVA,
FJSHMQMI Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi