Oliy maqsadimiz – inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish

0
178
marta koʻrilgan.

Bizning oliy maqsadimiz inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etishdan iborat.

Taʼkidlash lozim, 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasining IV boʻlim 66 maqsadida nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini bosqichma-bosqich oshirish boʻyicha qator vazifalar, amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar belgilangan. Xususan, nogironlik belgisi boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarishda teng sharoitlarni yaratish, xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, tibbiy-mehnat ekspertizasi va nogironlikni belgilashning shaffof, zamonaviy uslub va mezonlarini joriy etish, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish shular jumlasidandir.

Shu oʻrinda, eng asosiy masalalardan biri, nogironligi boʻlgan shaxslarni mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirokini taʼminlash, ular aʼzo boʻlgan nodavlat tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilib ijtimoiy sohaga oid belgilanayotgan vazifalarni ijrosini xamkorlikda amalga oshirishdan iboratdir.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati Toshkent shahar boʻlinmasi va 12ta tuman boʻlinmalari tomonidan yuqorida qayd etilgan vazifalarni ijrosini taʼminlashda tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Kuni kecha Uchtepa tumani boʻlinmasi tomonidan boʻlinmaning tashkil etilganligining 15 yilligi munosabati bilan “Ozod va obod Vatanda azizdir inson!” shiori ostida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tashkilotning oʻtgan vaqt mobaynida amalga oshirgan ishlari va yutuqlarini qayd etib, faollarga tashakkurnoma va sovgʻalar taqdim etildi.

Hayotxon Qoʻchqorova,  Toshkent shahar Deputatlar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi direktori 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.