Aholi oʻrtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda davlat va nodavlat tashkilotlarning ijtimoiy hamkorligi (davlat grantining   2024 yil uchun 1-tanlovi)

0
81
marta koʻrilgan.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi “Aholi oʻrtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda davlat va nodavlat tashkilotlarning ijtimoiy hamkorligi”  mavzusidagi davlat grantining   2024 yil uchun 1-tanlovini eʼlon qiladi.

 Tanlovda davlat roʻyxatidan oʻtgan Toshkent shahridagi NNTlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini quyidagi yoʻnalishlardagi loyihalari koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi:

  1. Hududlarda ijtimoiy va maishiy infratuzilmani rivojlantirishga, oilaviy biznes, hususiy tadbirkorlik, milliy hunarmandchilik sohasida ustoz-murabbiylik anʼanalarini yanada rivojlantirish, keksa avlodning bilimi, tajribasi va mehnat salohiyatidan foydalanish, aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilashga koʻmaklashish, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari hamda davlat organlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrni.
  2. Xorijdan mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytgan fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni respublikamizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga keng jalb qilish hamda kasbga yoʻnaltirishda davlat tashkilotlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari va “Ishga marxamat” monomarkazi bilan ijtimoiy xamkorlik.
  3.  Tadbirkorlar va davlat xizmatchilari oʻrtasida vujudga keladigan korrupsiya hamda ekologiyaga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va ularni oldini olish, amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka tizimli ravishda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda turli formatlardagi eshittirish, koʻrsatuv, maqolalar va boshqa axborot materiallarini eʼlon qilish xamda aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini olib borish.
  4.  Aholining ehtiyojmand qatlamlari, xotin-qizlar va yoshlarni, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarni kasbga tayyorlash, ularning gʻoya va tashabbuslarini roʻyobga chiqarish iqtisodiy, moliyaviy va biznes sohasidagi koʻnikmalarini yuksaltirish orqali tadbirkorlikning turli sohalariga keng jalb qilishda ijtimoiy xamkorlik.
  5. Aholi hamda tadbirkorlarga tadbirkorlik va biznesga oid keng koʻlamli xizmatlarni taqdim etish, jumladan, maslahat yordami va axborot taʼminoti, mamlakatimiz va xorijdagi tadbirkorlikning huquqiy muhiti haqidagi axborot, broshyuralar hamda oʻquv materiallarini (elektron shaklda tayyorlash) chop etish.

 Tanlovlarda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi soʻraladi:

 1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati; 

  1. 2. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondining telegramm kanalida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
  2. 3. Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
  3. 4. Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (nusxasi); 
  4. 5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
  5. 6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʻllab-quvvatlash xatlari (imkon qadar).

Bitta loyiha uchun ajratiladigan mablagʻ miqdori – 50 000 000 soʻmgacha. Loyihalar ijro muddati 1 yilgacha muddatda boʻlishi lozim.

Hujjatlar 2024 yil 15 fevraldan 18 martga qadar qabul qilinadi.

Tanlov boʻyicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 formatda)pochta orqali: Toshkent shahri, 100066, Islom Karimov koʻchasi 51-uy manzilida Toshkent shahar hokimligining 2-qavati 206 xonada joylashgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi nomiga yuborilishi kerak.

Tanlov shartlari va taqdim etilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar toʻgʻrisida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat Fondining “Toshkent shahar Jamoat fondi” kanali, Toshkent shahar hokimligining toshkent.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishish mumkin.

Maʼlumot uchun tel: 97-775-50-51

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.