“Yuksalish” harakati Xorazm viloyati xududiy boʻlinmasi, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti, Oʻzbekiston Notarial palatasi Xorazm viloyat xududiy boshqarmasi hamkorligida “Notariuslardan huquqiy bilimlar” shiori ostida bepul huquqiy aksiya oʻtkazildi.
Tadbirning maqsadi aholining huquqiy ongini, madaniyatini oshirish, aholi bilan oʻzaro aloqalar mexanizmini yaratish, huquqni qoʻllash sohasida amaldagi muammo va kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan fikr va takliflarni tayyorlashdan iboratdir.
Aksiya davomida notariusning toʻrt nafar yuqori malakali mutaxassislari 100 nafardan ortiq fuqarolarga maslahat berishdi.
Aksiya doirasida mutaxassislar tomonidan fuqarolarga huquqiy mavzular va turli muammoli masalalar, shu jumladan yer, uy-joy, mehnat va oilaviy munosabatlar, farzandni chetga olib chiqish, avtotransport vositalarini yaqin qarindoshga rasmiylashtirish, koʻchmas muklarning bir qismini boshqa shaxslarga oʻtkazish hamda hadya va meros, mehnat munosabatlari masalalari yuzasidan yuridik maslahatlar berildi.