BIZ BIRGALIKDA  KUCHMIZ!

0
725
marta koʻrilgan.

OʻzNNTMA Fargʻona hududiy boʻlinmasi karantin davrida masofadan turib onlayn tarzda bir qator davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilib  kelmoqda. “Niqob taqing. Kasal boʻlmang!”, “Karantinni uyda oʻtkazamiz” shiori ostida turli tadbirlarni amalga oshirib, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib bormoqda.

Xususan, Fargʻona viloyat hokimligi, Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi viloyat hududiy boʻlimi va homiy tashkilotlar bilan dehqon bozorlarida aholiga bepul niqoblar tarqatildi. Shuningdek, tuman-shahar dehqon bozorlarida arzon oziq-ovqat hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilib, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash masalasida viloyatdagi faol NNT rahbarlari imkoniyatlari orqali jamoatchilik nazorati oʻrnatildi.

Viloyatimizdagi “Taraqqiyot” aholini turmush tarzini rivojlantirish nodavlat notijorat tashkiloti hamda ichimlik suvi sohasida faoliyat olib borayotgan NNTlar bilan hamkorlikda joylarda dezinfeksiya ishlari olib borildi. Buvayda tumanidagi «Choʻmbogʻish bulogʻi” NNT bilan imkoniyati cheklangan fuqarolarga, keksa, boquvchisini yoʻqotgan oilalarga goʻsht mahsulotlari tarqatildi. Bu borada “Mehrjon” ayollar va bolalar markazi ham “Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun huquqiy yordam koʻrsatish” loyihasi doirasida yuridik konsultativ markazlardagi huquqshunoslar tomonidan 85 nafar fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi. 2 nafar kam taʼminlangan ayollarni sudda himoya qilishda advokatlik xizmati haqi toʻlab berildi.

Bugungi kunda OʻzNNTMA Fargʻona viloyat hududiy boʻlinmasi, Qoʻqon shahar hokimligi va “Mehr-muruvvat” ijtimoiy va maʼnaviy yordamga muhtoj mahalla qatlamini ijtimoiy-huquqiy hamda ruhiy muhofaza qilish markazi birgalikda karantin paytida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolgʻiz yashovchi keksalar va imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun  “Yelkama-yelka” loyihasini olib bormoqda. Mazkur xayriya loyihasi doirasida bugungi kungacha 1000dan ortiq imkoniyati cheklangan fuqarolarning oilasiga moddiy yordam koʻrsatildi.

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi Fargʻona hududiy boʻlinmasi hamkorligida karatinga rioya qilishning hozirgi holatini oʻrganish maqsadida aholi va nodavlat notijorat tashkilotlar oʻrtasida sotsiologik soʻrov oʻtkazildi. Bugungi kunda hududiy boʻlinma bilan  nodavlat notijorat tashkilotlaridan ekspertlar palatasiga nomzodlar shakllantirildi.

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan 1-2 grant tanlovlari mavzulari va ijtimoiy buyurtmalari ijtimoiy tarmoq (telegramm) orqali viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlarga yetkazildi. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi bilan hamkorlikda kelgusi moliya yili uchun viloyatdagi bir qator davlat tashkilotlaridan ijtimoiy buyurtmalar olindi va umumlashtirilmoqda.

OʻzNNTMA Fargʻona hududiy boʻlinmasi bugungi kunda “Taraqqiyot” aholini turmush tarzini rivojlantirish nodavlat notijorat tashkiloti, “Mehrjon” ayollar va bolalar markazlari bilan hamkorlikda “Xalqaro NNTlar faoliyatiga toʻsiq boʻlayotgan normativ hujjatlar”dagi kamchiliklar, “Xotin-qizlar, yoshlar bandlik taʼlimi sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilishda NNTlar faoliyatiga nimalar toʻsiq boʻlayotgani” haqida tahliliy materiallar, xulosa va takliflar tayyorlab, umumlashtirish uchun taqdim etgan. Ijtimoiy sherikchilik karantin davrida ham birgalikda bir kuch boʻlib, oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlanishiga xizmat qilmoqda. 

J.JoʻrayevOʻzNNTMA Fargʻona viloyati  hududiy boʻlinmasi koordinatori

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.