Buyuk va shonli sana arafasidagi shodu xurramliklar!

0
161
marta koʻrilgan.

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida bayram shukuhi kezib yuribdi. Xalqimiz ushbu buyuk va ulugʻ sanani katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 23 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni asosida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan, xalqimiz farovonligini taʼminlash, yosh avlodni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalashda alohida fidoyilik koʻrsatayotgan bir guruh yurtdoshlarimizga “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirildi.

Eng aziz, eng ulugʻ bayram – mamlakatimiz mustaqilligining oʻttiz yillik bayrami arafasida “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoniga sazovar boʻlganlar safida  jamoat birlashmalari vakillari ham bor.

Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi Toshkent shahar hududiy boʻlimi boshligʻi Mavlyanova Dildora “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlandi.

– Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ijrosini taʼminlashda va erishilayotgan yuksak natijalarda turli soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilayotgan har bir yurtdoshimizning oʻrni va hissasi bor. Ular orasida meni mehnatimni ham eʼtirof etishganidan bagʻoyat xursandman – deydi Mavlyanova Dildora

Darhaqiqat shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida bayram shukuhi kezib yuribdi. Xalqimiz ushbu buyuk va ulugʻ sanani katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

GUJUM. Uz  tahririyati Mavlyanova Dildoraxonni davlatimizning goʻzal eʼtirofi bilan qutlaydi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.