Davlat dasturi amalda

0
373
marta koʻrilgan.

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni munosabat bilan Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Davra suhbatini OʻzNNTMA Kengashi raisi Nasimjon  Alimov ochib,  davlat dasturining mazmun-mohiyati va barcha bandlari bilan tanishtirdi hamda undan kelib chiqib Assotsiatsiya oldida turgan vazifalar haqida gapirdi. Shuningdek, tadbirda, Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati  boshqaruvi raisi Komil Abdullayev, Toshkent shahar “Sogʻlom ona va bola” markazi NNT rahbari Raʼnojon Zaripova dasturda belgilangan vazifalarni bajarish borasida  oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Shu kuni dasturda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida  OʻzNNTMA, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Hech kim mehr-muruvvat va eʼtibordan chetda qolmasin» shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam koʻrsatish, xayr saxovat qilish, ularni yoʻqlash hamda ularning oʻksik koʻngillarini koʻtarish kabi ezgu niyatlar bilan bir qator oilalarga tashrif buyurishdi.

Jumladan, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Qirguzar mahallasining Hamjamiyat koʻchasida yashovchi 1-guruh nogironlari Egamberdiyev Kamol va  Sobirov Husanga universal nogironlik aravasi topshirildi. Kamol va Husanlar oʻz hatti harakati bilan yoʻqlab kelishganidan xursandligini ifodaladi. Mahallaboshi Saodat Qoraxoʻjayeva mahalla jamoasi nomidan oʻz minnatdorchiligini  bildirdi.

Jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar orasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning amaliy isbotini namoyon etadigan ushbu tadbir jismoniy imkoniyati cheklanganlar orasida shukronalik tuygʻularini mustahkamlash hamda sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda munosib hissa qoʻshishini ularning mehr va quvonchdan porlagan koʻzlarida,  oila aʼzolarining dil soʻzlarida ifodasini koʻrdik.

R. SAPOYEVA

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.