Davlat granti mavzulari fuqarolik jamiyati institutlari muhokamasida

0
128
marta koʻrilgan.

Soʻnggi yillarda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash, davlat organlari va ular oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, ushbu sohani tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Misol tariqasida, joriy yilning mart oyida Yurtboshimiz tomonidan imzolangan “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmon va “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorni keltirish mumkin. Mazkur huquqiy-normativ xujjatlarda fuqarolik jamiyati institutlariga koʻmak berish hamda ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmini yanada takomillashtirish, davlat va jamiyat boshqaruvida ularning faol ishtirokini taʼminlash va zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha aniq chora va vazifalar belgilangan.

Joriy yilning 28 may kuni Taraqqiyot strategiyasi markazining  majlislar zalida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi, Ijtimoiy sheriklik komissiyasi va Nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasining Toshkent shahar boʻlimi va Taraqqiyot strategiyasi markazi tomonidan poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” va “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlashda NNTlar ishtiroki” mavzularida  davlat granti uchun eʼlon qilingan 1 va 2 tanlovlar  mavzulari boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishdan koʻzlangan maqsad yuqorida qayd etib oʻtilgan normativ xujjatlarni mazmun-mohiyatini yetkazish bilan birga eʼlon qilingan tanlovlarning mavzularini keng tushuntirish, loyihalar taqdim etilayotganda nodavlat notijorat tashkilotining nizomida va yoʻnalishlarida belgilangan faoliyatdan chiqib ketmaslik, ular doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish hamda ijro hokimiyati va mahalliy kengash deputatlarini jalb qilishga eʼtiborni qaratish masalalariga alohida eʼtibor berish lozimligi taʼkidlandi.

Yigʻilish davomida tashkilotchilar tomonidan “tanlovlar mavzusi Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan 21 may kuni ommaviy axborot vositalari va ijtimoyi tarmoqlarda eʼlon qilindi, uylaymizki barcha fuqarolik jamiyati institutlari dolzarb mavzulardagi loyihalar bilan davlat dasturi ijrosini taʼminlashda faol ishtirok etishadi” – deb taʼkidlab oʻtildi.

Tadbir soʻngida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari tomonidan oʻzlari qiziqtirgan savollarga javoblar olindi.

H. QOʻChQOROVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.