Oʻzbekiston 24 radio eshittirishida Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Toshkent shahar boshqarmasi rahbari Dilmurod Izzatov va “Sogʻlom ona va bola” markazi rahbari Raʼno Zaripova qatnashib, ”Yangi Oʻzbekiston yangi islohotlar” davrida nodavlat notijorat tashkilotlarining yuksalishiga keng imkoniyatlar yaratilgani, ushbu yillarda qabul qilingan qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlar mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarining erkin, barqaror va tizimli rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratgani xususida suhbatlashishdi.
Jumladan, mamlakatimiz Prezidentining 2021 yil 3 martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va 2021 yil 4 martdagi “2021–2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning zamonaviy bosqichida yangi sahifa ochganligini taʼkidlashdi.
Masalan, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda NNT rahbarlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida rahbar xodimlarning malakasini oshirish oʻquv kurslari tashkil etildi. Fuqarolik jamiyati institutlariga avval faqat parlament kommisiyasi tomonidan grantlar ajratilgan boʻlsa, endilikda hududlarda ham bu faoliyat amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Oʻz NNTMA fondi tomonidan ham grantlar ajratilmoqda.
Shuningdek, suhbat ishtirokchilari oʻzlari rahbarlik qilayotgan tashkilotda amalga oshirilayotgan faoliyatlar xususida ham suhbatlashishdi.
GUJUM.UZ