Mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi farmoni kelajakni koʻzlab qabul qilingan hujjat deb xisoblayman.
Jamoatchilik palatasini afzalligi shundaki, har bir viloyatda uning hududiy jamoatchilik palatalari faoliyat yuritadi xamda palataning raisi maqomiga koʻra vazirga va uning uch nafar oʻrinbosari esa vazir oʻrinbosari maqomiga tenglashtiriladi. Ushbu holat esa palataning nufuzini yanada oshiradi. Barcha takliflar quyi tashkilotlardan olinib, keyin umumiylashtirilishi oʻz navbatida ajoyib samara beradi. Palata davlat bilan xalq oʻrtasidagi koʻprik vazifasini bajaradi.
Davlat, fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatni yanada jadal va har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini birlashtiruvchi zamonaviy shakldagi tizimli hamda samarali muloqotini yoʻlga qoʻyishni taʼminlaydi.
Eng muhim joyidan yana bittasi “xalq diplomatiyasi” institutini rivojlantirish, jumladan, mamlakat tashqi siyosatining ustuvor vazifalarini hayotga tatbiq etish, uning nufuzli xalqaro reytinglarda egallagan oʻrnini yaxshilashda fuqarolik jamiyati institutlarining imkoniyatlaridan keng foydalanish hamda xorijdagi vatandoshlar bilan yaqindan aloqalar oʻrnatish, nodavlat notijorat tashkilotlariga xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda yordam koʻrsatishdir.
Oʻzbekiston nogironlar jamiyati ham xalqaro tashkilotlar bilan samarali faoliyat yurityapti. Nogironlarning eng yaqin koʻmakchisiga aylanmoqda. Jumladan, ayni kunda Respublika Adliya vazirligi va bir qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda jamiyatimiz aʼzolariga nogironlik aravachalari va boshqa zaruriy uskunalarni yetkazib berdik.
Jamoatchilik palatasi tashkil topgani bilan barcha NNT va jamoat tashktlotlarini tabriklayman. Yangi tashkilotga yangidan yangi yutuqlar tilab qolaman.
Komil ABDULLAYEV, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati raisi