Konstitutsiyaviy islohotlar jamoat birlashmalari nigohida: taklif va tavsiyalar

0
341
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi hamkorligida 2022 yil 16 iyun kuni  “Konstitutsiyaviy islohotlar jamoat birlashmalari nigohida: taklif va tavsiyalar” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda Assotsiatsiyaning Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi, Halq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi jamoat fondi, Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Toshkent shahar tashkiloti, Oʻzbekiston Xalqaro Arbitraj sudlari Birlashmasi, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida  soʻzga chiqqanlar mamlakatimizni 2017-2021 yillarda rivojlanishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida huquqiy hujjatlarda qayd etilgan vazifalarni ijrosini  taʼminlash maqsadida jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirilganligi, ushbu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarda davlat organlari bilan bir qatorda jamoat birlashmalari vakillari ham faol ishtirok etib kelayotganligini alohida qayd etildi.

Tadbir davomida bugungi kunda milliy davlatchiligimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida samarali ishlar amalga oshirilib, Bosh qomusimiz Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham uning huquqiy asosi yaratilish arafasida ekanligi, uning negizida mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini bunyod etish maqsadida sohaga aloqador koʻplab qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinganligi, xususan ,“Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi, “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni shular jumlasidan ekanligi takidlandi.

Oʻz navbatida, “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”ning 13-bobi “Jamoat birlashmalari”ga bagʻishlanib, 7 ta (56,57,58,59,60,61,62) moddalarda jamoat birlashmalarining huquqlari, burchlari va majburiyatlari ham ifodalanganligi, asosiy  qomusimizga kiritilishi koʻzda tutilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar yuzasidan bildirilgan takliflarda bugungi kun talabi sifatida jamoat birlashmalari faoliyati, ularning huquqi, maqomi, burchi va majburiyatlari borasida ham maʼlum bir islohotlarni amalga oshirish lozimligi aytib oʻtildi.

Davra suhbati davomida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash, yanada rivojlantirish va ularning mamlakatda demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishda, jamiyatni erkinlashtirishda faol ishtirok etishiga koʻmaklashish maqsadida bosh qomusimizni isloh etish boʻyicha 34, 56 va 59-moddalariga kiritilayotgan taklif va tavsiyalari jamlanib, Konstitutsiyaviy komissiyaga taqdim etilishga kelishib olindi.

Tadbir davomida Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari tomonidan oʻzlari qiziqtirgan savollarga javoblar olindi.

 Davra suhbati yakunida   ishtirokchilar  tavsiyalari asosida  Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi hamda  Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi jamoat fondi  hamkorligida  doimmiy ravishda  muhokamalarga boy davra suhbatlarini tashkil etish vazifalari belgilab olindi.

  Mavluda Tadjiyeva, Xalq deputatlari Toshkent   shahar Kengashi  huzuridagi                        Jamoat fondi bosh mutaxassisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.