«Madad» NNT tomonidan 2020 yilda qanday ishlar amalga oshirildi?

0
274
marta koʻrilgan.

«Madad» nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan 2020 yilda 147 ming 328 fuqaroga bepul yuridik yordam koʻrsatilib, ularning ogʻirini yengil qilish bilan birga  huquqiy savodxonligini yuksaltirishga ham  munosib hissa qoʻshilgan, desak arziydi. 

«Madad» NNT  ikki yoʻnalishda – Advici. uz (e — maslahat. uz) huquqiy axborot portali  hamda tuman (shahar) huquqiy maslahat byurolari orqali faoliyat yuritadi.

Advici. uz (e — maslahat. uz) huquqiy axborot portali orqali fuqarolardan 72 951 ta murojaatlar kelib tushgan va ularga mutaxassislar  tomonidan onlayn rejimda bepul huquqiy maslahatlar berilgan. Bu raqamlar elimiz odamlari ommaviy kommunikatsiyalardan keng foydalanayotganini ham anglatadi.

Tuman (shahar) huquqiy maslahat byurolariga fuqarolardan huquqiy masalalar boʻyicha bevosita 74 377 ta murojaatlar kelib tushgan va ularga birlamchi bepul yuridik yordam koʻrsatilgan.

Ushbu maʼlumotlar bilan Adliya vazirligi axborot xizmati infografikasi orqali yanada batafsilroq tanishish mumkin.

gujum. uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.