“Madad” NNT tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi qulaylik!

0
544
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi muassisligidagi aholiga bepul yuridik yordam koʻrsatadigan  “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti oʻtgan yili may oyida tashkil etildi.

 Adliya vazirligi tomonidan ADVICE.UZ  huquqiy axborot portali ham ishga tushirilgan boʻlib, “Madad” NNT uning doimiy ishlashini taʼminlaydi va takomillashtirib boradi. Biroq, mamlakatimizning barcha hududlarida  internetdan foydalanish imkoniyati mavjud emas.

Shuning uchun 2019 yil noyabr oyidan “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bosqichma bosqich huquqiy maslahat byurolari yoʻlga qoʻyildi. Bu esa  elga xizmatning yanada samarali boʻlishini taʼminlamoqda. 

“Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti “Advice.uz” (“e-maslahat.uz”) huquqiy axborot portali orqali aholiga onlayn rejimda bepul huquqiy maslahatlar berib kelmoqda.

“Madad” NNT tomonidan yangi – 2020 yilda fuqarolar foydalanishlari uchun yana bitta muhim yangilik yaratildi.

Endi fuqarolar huquqiy masalalar boʻyicha oʻz savollarini qulay Telegram bot orqali yuborishlari mumkin.

Buning uchun Telegram messenjeriga @madadnnt_bot manzilini kiritish va “Start” tugmasini bosish lozim. Bunda hech qanday roʻyxatdan oʻtish talab qilinmaydi.

Onlayn-maslahatchilar fuqarolarning huquqiy masalalar boʻyicha savollariga qisqa vaqt ichida bepul huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar beradilar.

Savollaringizni hoziroq yuborish uchun quyidagi havolaga oʻting:@madadnnt_bot

Ravshan SAʼDULLAYEV, Toshkent shahar Mirobod tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.