“Madad” NNT va Notarial palatasi oʻrtasida hamkorlik aloqalari oʻrnatildi

0
345
views

 Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi raisi D.Ashurov va “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti ijrochi direktori T.Tursunov tomonidan aholiga notarial xizmatlar va yuridik yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum  2020 yil 30 iyul kuni imzolandi.

Memorandumdan koʻzlangan asosiy maqsad aholiga notarial xizmatlar va bepul yuridik yordam koʻrsatish sifatini oshirishning samarali mexanizmlarini birgalikda ishlab chiqish, axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish, huquqiy targʻibot va tashviqot ishlarini oʻzaro muvofiqlashtirishga qaratilgan hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirish orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlarni kuchaytirish hamda pirovard natijada har ikkala tomon faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan.

www.advice.uz huquqiy axborot portalidan

Aziz mushtariylar, ushbu  huquqiy axborot portalidan oʻzingizni qiziqtirayotgan koʻplab savollarga javoblar olishingiz mumkin.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here