Madaniyat va sanʼat — oʻlmas qadriyat

0
823
marta koʻrilgan.

Buxoro shahridagi Tasviriy sanʼat muzeyida «Umrboqiy meros» Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati targʻibot markazi Buxoro viloyat boʻlimi tashabbusi bilan «Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»ga bagʻishlab «Madaniyat va sanʼat — oʻlmas qadriyat» mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda qator davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari va xodimlari, hamkorlar, homiylar, shoir va yozuvchilar, sanʼatkorlar, amaliy sanʼat ustalari, hunarmandlar, rassomlar, OAVlari xodimlari va boshqa taklif etilgan mehmonlar ishtirok etdilar.

Tadbir milliy anʼanamizga koʻra karnay-surnay navolari bilan boshlandi. Soʻzga chiqqanlar Buxoroning yuksak madaniyati va betakror sanʼati, uni rivojlantirish, targʻib kilish va kelgusi avlodga yetkazish -har bir yurt farzandining burchi ekanligi, davlat va nodavlat tashkilotlar oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklik, oʻzaro xamkorlik toʻgʻrisida fikr yuritdilar hamda  mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida NNTlar, ularning faoliyatiga taaluqli boʻlgan masalalar yuzasidan bildirgan fikrlariga oʻz munosabatlari toʻgʻrisida batafsil toʻxtaldilar.

Tadbirda bastakor, musiqashunos Mashrab Qodirov raxbarligidagi «Shiru shakar» Buxoro etnografik folklor ansambli buxorocha qoʻshiq va raqslardan iborat konsert dasturini namoyish etdi. Buxoroga xos boʻlgan muxammasxonlik barchaning eʼtiborini oʻziga tortdi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Nishon Otamurodov, «Oʻzbeknavo» Buxoro viloyat filiali direktori Dilmurod Xoʻjayev, Buxoro filarmoniyasi direktori Rauf Avezovlar  Buxoro mavrigilarini mahorat bilan maromiga yetkazib ijro etdilar.

Tadbir jarayonida «Umrboqiy meros» markazi Buxoro viloyat boʻlimi va qator davlat va nodavlat tashkilotlar oʻrtasida xamkorlik Memorandumlari imzolandi.

Soʻngra taniqli buxorolik rassom Mavlon Boʻronovning shaxsiy koʻrgazmasining ochilish marosimi oʻtkazilib, tadbir ishtirokchilari rassom yaratgan ajoyib sanʼat asarlari bilan tanishdilar.

Tadbir soʻngida  madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish va targʻib etishda oʻz hissalarini qoʻshayotgan bir guruh Buxoro fidoiylari «Umrboqiy meros» markazining diplomlari va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Lutfiya MIRZAYEVA,

“Umrboqiy meros” markazi rahbari           

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.