Mamlakatimizda birinchi marta nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilindi

0
286
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 martdagi PF–6181-son «2021 – 2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi Farmonining 5-bandida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinishi belgilangan.

Mazkur indeks nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy sheriklik darajasi, ajratilgan subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar natijadorligi va boshqa muhim faoliyat koʻrsatkichlariga asosan tuzildi.

Mazkur Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi va Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffoflik standarti tasdiqlandi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksini shakllantirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffoflik darajasini baholash metodikasi ishlab chiqildi.

Mazkur metodika asosida 100 dan ortiq respublika nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan 2021 yildagi faoliyati yuzasidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi va Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan baholash ishlari amalga oshirildi.

Baholash natijasiga koʻra 2021 yil boʻyicha «Eng shaffof nodavlat notijorat tashkilotlari top – 20» roʻyxati tuzildi.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.