Murojaatnoma NNTlar nigohida

0
243
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qoʻllab-quvvatlash markazining majlislar zalida bugun 31 yanvar kuni “Murojaatnoma NNTlar nigohida” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatini Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi bilan hamkorlikda tashkil etdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida koʻtarilgan masalalar hamda u asosida  “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturiga fikr, mulohazalar bildirildi, takliflar berildi. Shuningdek, OʻzNNTMAning  2020 yil –  “Yoʻl xaritasi” da belgilangan rejalari muhokama etildi.

Davra suhbatini  OʻzNNTMA Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi  N. Alimov qisqa kirish soʻzi bilan ochib,zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida bildirilgan, xususan NNTlar yoʻnalishidagi muhim ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqib assotsiatsiya oldida turgan asosiy vazifalar haqida tahliliy maʼlumot berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi Shuxrat Bafayev Murojaatnomada bildirilgan ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqib, NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oldida turgan asosiy vazifalar, ayni kunda NNTlarga daxldor 5ta qonun ustida ishlanayotgani, jumladan ,”Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisidagi qonun”ga ikkita — jurnalist surishtiruvi, jamoatchilik palatasi haqidagi oʻzgartishlar kiritilayotgani, raqamli iqtisodiyotni joriy etish ochiqlikni shaffoflikni taʼminlash ekani haqida gapirib, oʻzining fikr- mulohazalarini bildirdi.

OʻzNNTMA Kengashi raisi oʻrinbosari Feruza Muxamedjanova Murojaatnomada bildirilgan NNTlar sohasidagi muhim ustuvor yoʻnalishilardan kelib chiqib, viloyatlarda oʻzi koʻrib kelgan manzaralar toʻgʻrisida gapirib, sohani yanada yaxshilash haqida fikr — mulohazalar bildirdi.

Shuningdek davra suhbatida  NNTlar bugungi kunda aholini oʻylantirayotgan muammolarga davlat idoralari eʼtiborini qaratib, oʻzlarining asoslangan takliflarini berib borishlari, davlat idoralari esa mamlakat va hududlar darajasida nodavlat notijorat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklikni keng yoʻlga qoʻyib, grantlar va ijtimoiy buyurtmalarni koʻpaytirishlari, yaʼni vazirlik va idoralar ham bunday ijtimoiy hamkorlik ishlarini kengaytirishlari haqida munozaralar boʻldi.

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining faoliyatini takomillashtirish masalasi yuzasidan takliflar bildirildi.

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatchilikda alohida qiziqish uygʻotadigan oʻta muhim masalalarga doir qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik bilan maslahatlar, jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish hamda buning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari ham muhokama qilindi.

Murojaatnomada Prezidentimiz tomonlaridan bildirilgan “Jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat oʻrtasida oʻzaro yaqin hamkorlik oʻrnatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoatchilik palatasini tashkil etish” taklifi qizgʻin muhokama qilinib, uni amaliyotga joriy etish boʻyicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarishda Parlament, Hukumat va fuqarolik jamiyati institutlarining amaliy hamkorligini yoʻlga qoʻyish, bu masala boʻyicha muntazam ravishda parlament va jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish masalalari xususida takliflar berildi.

Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar faolligini oshirishning zamonaviy mexanizmlari, NNTlar rivojlanishining yangi Oʻzbekiston  bosqichidagi ustuvor vazifalar, NNT rahbarlari oʻquvi dasturi loyihalari keng muhokama qilinib, taklif va mulohazalar bildirildi. Tadbir soʻngida “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturiga hamda OʻzNNTMAning 2020 yilga moʻljallangan ishlar rejasi – “Yoʻl xaritasi” boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.

Yigʻilishda OʻzNNTMA, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi xodimlari, NNTlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

R. SAPAYEVA

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.