NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari masalalari muhokamasiga bagʻishlandi

0
194
marta koʻrilgan.

Poytaxt” biznes markazida “Ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzuridagi  doimiy komissiyalar  faolligini oshirish: muammolar va ularning yechimi” mavzusidagi seminar-trening oʻtkazildi.

Seminar-trening Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi, “Yuksalish” umummilliy Harakati va FJSHMQMI Toshkent shahar hududiy  boʻlinmalari tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda mahalliy Kengashlardagi doimiy komissiyalar faoliyatini yanada kuchaytirish, shu jumladan, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari masalalari boʻyicha” doimiy komissiyaning I-yarim yillikdagi faoliyati hamda kelgusi rejalari muhokama etildi.

Seminar-trening davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010 yil 30 dekabrdagi 154–II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti 62-moddasining birinchi qismiga kiritilgan oʻzgarishlar  xaqida tushuncha berildi.

Tadbirda maʼruzachilar davlatimiz tomonidan fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirishga oid qator normativ xujjatlar qabul qilinganligi,  ularning joylarda ijrosini taʼminlash sust ekanligi, bu borada esa, aynan deputatlik guruhlarini amaliy koʻmagi zarurligi taʼkidlab oʻtildi. Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxotlardagi ishtiroki, ijtimoiy sheriklik asosida NNTlar bilan davlat tashkilotlari fuqarolar murojaatlarini ijrosini taʼminlashda olib borayotgan ishlari toʻgʻrisida tuxtalib oʻtdilar.  Shu oʻrinda,  soʻzga chiqqanlar mazkur yoʻnalishda mexanizm yetarli darajada ishlamayotganligi, komissiyalar belgilangan vazifalarni toʻlaqonli ijrosini taʼminlamayotganligi, ayrim tuman komissiyalari xujjatlari oʻrganilganda, tumanda faoliyat yuritayotgan NNtlar xaqida maʼlumotlar yoʻqligi, joylarga chiqib ular  bilan suhbatlar umuman oʻtkazilmaganligi aytib oʻtildi.

Qayd etilgan  kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, ishtirokchilar tomonidan, har bir tumanda NNT vakillari ishtirokida mazkur komissiyaning yigʻilishlarini oʻtkazib borish xamda tajriba almashish masalasi kiritildi.

 Hayotxon Qoʻchqorova 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.