Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi 2021 yilda davlat organlarning ijtimoiy buyurtmanoma loyihalari asosida
NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovini EʼLON QILADI
(mln. soʻm)
№ |
Davlat organlari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, davlat ijtimoiy buyurtmasining maqsad va vazifalari |
Soʻralayotgan mablagʻ |
|
|
Xalq taʼlimi vazirligi |
|
|||
1. |
Ustuvor yoʻnalish: Inklyuziv taʼlim orqali koxlear implantatsiya jarrohligi oʻtkazilgan, Daun sindromli va autistik spektr buzilishlari boʻlgan bolalarga taʼlim olish mexanizmini ishlab chiqish. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 146-son qarori Maqsad: Inklyuziv taʼlimni samarali tashkil etish va yanada rivojlanishini taʼminlash. Vazifa: Inklyuziv taʼlim samaradorligini aniqlash, mezonlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. |
800,0 |
|
|
2. |
Ustuvor yoʻnalish: Yoshlarning odam savdosi, noqonuniy migratsiya, zoʻravonlik va uning boshqa koʻrinishlaridan asrash. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 146-sonli qarori Maqsad: Yuqori sinf oʻquvchilariga odam savdosi, noqonuniy migratsiya, zoʻravonlik, ekstremizmning salbiy oqibatlarini interaktiv metodlar yordamida tushuntirish. Vazifa: Respublikaning har bir hududida 25 tadan umumtaʼlim maktablarning yuqori sinf oʻquvchilarida inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish. |
250,0 |
|
|
3. |
Ustuvor yoʻnalish: Umumiy oʻrta taʼlim sohasida bitiruvchilarning oʻz iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlab olishiga koʻmaklashish. Asos: 2020 yil 6 noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-sonli farmon Maqsad: Oʻquvchilarning intellektual salohiyatini oshirish va umumtaʼlim maktablarida “Ustoz-shogird” faoliyatini takomilllashtirish. Vazifa: Umumtaʼlim maktablarida “Kasblar olamiga sayohat”, “Mening kelajakdagi kasbim” kabi intellektual mashgʻulotlarni tashkil etish boʻyicha maxsus kurslar, seminar treninglar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
400,0 |
|
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
||||
4. |
Ustuvor yoʻnalish: Ehtiyojmand oila farzandlariga, yetim, nogironligi boʻlgan va davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarga alohida mehr-muruvvat koʻrsatish. Asos: 2020 yil 6 noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108 — sonli farmon. Maqsad: Alohida ehtiyojli yoshlarni oliy maʼlumot olishi uchun “Ijtimoiy model” ishlab chiqish va joriy etishning oʻquv-meʼyoriy va innovatsion metodikasini yaratish. Vazifa: Xalqaro talablarga javob beradigan “Ijtimoiy model” metodikasi orqali “Toʻsiqsiz muhit” dasturini yaratish. |
500,0 |
|
|
5. |
Ustuvor yoʻnalish: Taʼlim muassasalarida yot gʻoyalarga qarshi tura oladigan kadrlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish. Asos: 2020 yil 6 noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108 — sonli farmon. Maqsad: Taʼlim muassasalarida yuksak maʼnaviy-ahloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir boʻlgan kadrlarni tayyorlashga koʻmaklashish. Vazifa: Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan turli yoʻnalish va mavzularda sotsiologik soʻrovnomalar ishlab chiqish, oʻtkazish va natijalarini tahlil qilish. |
400,0 |
|
|
6. |
Ustuvor yoʻnalish: Milliy professional taʼlim standartlarini ishlab chiqish Asos: 2020 yil 6 noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-sonli farmon Maqsad: Professional taʼlim tizimida kadrlar tayyorlashning dual tizimini joriy etishning oʻquv-meʼyoriy asoslari va metodik taʼminotini yaratish. Vazifa: Ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos keladigan yangi formatdagi “Dual taʼlim dasturlari”ni ishlab chiqish. |
2000,0 |
|
|
7. |
Ustuvor yoʻnalish: Professional taʼlim tizimini rivojlantirish, taʼlim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish. Asos: 2020 yil 6 noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-sonli farmon Maqsad: Xalqaro darajada kadrlar tayyorlaydigan “WorldSkills” standartlarini professional taʼlim muassasalari oʻquv jarayoniga joriy etish. Vazifa: Ichki va tashqi mehnat bozorlariga yuqori malakali, kompetentli kadrlar tayyorlash uchun “WorldSkills” standartlarini, talablarini, oʻqitish jarayonlarini, moddiy-texnik taʼminot talablarini, potensial ish beruvchilarni oʻrgatish. |
1000,0 |
|
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
||||
8. |
Ustuvor yoʻnalish: Aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish. Asos: 2020 yil 12 noyabrdagi “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PQ — 4891-sonli qaror Maqsad: Sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga koʻmaklashuvchi volontyorlar faoliyatini takomillashtirish. Vazifa: Xoʻjayli tumanida nafaqadagi shifokorlar, oʻqituvchilar, ziyolilar va boshqalardan iborat “Salomatlik maktabi” volonterlar faoliyatini yoʻlga quyish. |
150,0 |
|
|
9. |
Ustuvor yoʻnalish: Sogʻlom avlodni shakllantirish Asos: 2020 yil 12 noyabrdagi “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PQ — 4891-sonli qaror Maqsad: Aholining kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzi ahamiyati, irsiy kasalliklar va nogironlikni oldini olish haqida xabardorligini oshirish. Vazifa: Xorazm viloyati aholisi orasida yaqin qarindoshlik va uning oqibatida kelib chiqadigan irsiy kasalliklar haqida bukletlar chiqarish, videoroliklar tayyorlash, mahalla va xotin qizlar tashkilotlarini jalb qilgan holda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda vidoyeroliklar namoyish qilish. |
600,0 |
|
|
Qurilish vazirligi |
||||
10. |
Ustuvor yoʻnalish: Shaharsozlik va qurilish sohasida yagona davlat siyosatini olib borish. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirligi, uning tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 603-sonli qaror Maqsad: Shaharsozlik qoidalari va meʼyorlari buzilishi holatlarining oldini olish boʻyicha jamoachilik nazoratini keng yoʻlga qoʻyish. Vazifa: Noqonuniy qurilishlarning oldini olish, mavjud qoidabuzarliklarni qurilish sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organlarga avtomatik yuborish imkonini beruvchi “Ogoh fuqaro” elektron tizimini yaratish. |
450,0 |
|
|
11. |
Ustuvor yoʻnalish: Shaharsozlik va qurilish sohasida yagona davlat siyosatini olib borish. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirligi, uning tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 603-sonli qaror Maqsad: Shaharsozlik faoliyati sohasidagi qarorlar, bosh rejalarning tasdiqlanishida aholi fikri va takliflarini inobatga olish mexanizmini yoʻlga qoʻyish. Vazifa: Aholi punktlarining bosh rejalarini jamoatchilik muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda tasdiqlash, jamoat muhokamasining qayd etilgan natijalari asosida tahlil qilish. |
450,0 |
|
|
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi |
||||
12. |
Ustuvor yoʻnalish: Suv taʼminoti faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqaruvini taʼminlash. Asos: 2017 yil 18 apreldagi “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5017- sonli Farmon Maqsad: Hududlarda suv va sanitariya xizmatlarining qamrovi, sifati hamda samaradorligini oshirish. Vazifa: Aholisi 2 ming nafardan koʻp boʻlgan 2 ta qishloq aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash. |
2 500,0 |
|
|
Madaniyat vazirligi |
||||
13. |
Ustuvor yoʻnalishi: Milliy madaniy va maʼnaviy merosni asrab-avaylash. Asos: Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 15 martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi toʻgʻrisida”gi 141-sonli qarori. Maqsad: Oʻzbekiston nomoddiy madaniy meros elementlarini inventarizatsiya qilish, maʼlumotlar bazasini yaratish, hujjatlashtirish hamda milliy va xalqaro darajada xabardorligini oshirish. Vazifa: Oʻzbekiston nomoddiy madaniy merosi boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish, kitob nashr qilish va meros elementlarini keng targʻib qilishni yoʻlga qoʻyish. |
800,0 |
|
|
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi |
||||
14. |
Ustuvor yoʻnalish: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari bilan mustahkam hamkorlikni taʼminlash. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 29-sonli qarori. Maqsad: Imkoniyati cheklangan bolalarni tabiat bilan uzviyligini taʼminlash. Vazifa: Tabiatni oʻrganish inson kamolotining muhim omillaridan biri ekanligini anglash va tabiatdagi hodisalarning taʼsiri haqidagi bilim-koʻnikmalarni mustahkamlash. |
100,0 |
|
|
15. |
Ustuvor yoʻnalish: Qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish masalalarida ekologik taʼlim va tarbiya tizimini rivojlantirish Asos: 2019 yil 17 apreldagi “2019-2028 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4291-sonli qaror Maqsad: Chiqindilarni boshqarish masalasida aholi xabardorligini va individual masʼuliyatini oshirish Vazifa: Chiqindilarni alohida saralash madaniyatini rivojlantirish, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish yuzasidan xabardorligini oshirish va targʻib qilish. |
400,0 |
|
|
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
||||
16. |
Ustuvor yoʻnalish: Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish. Asos: 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5938-sonli Farmon Maqsad: Ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan, zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olishda markazlar faoliyatini kuchaytirish. Vazifa: Zoʻravonlikdan jabrlanganlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida ijtimoiy reabilitatsiya qilishga hamda oʻz joniga qasd etishning oldini olishga doir tadbirlar tashkil qilish.
|
700,0 |
|
|
Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
||||
17. |
Ustuvor yoʻnalish: Aholi xavfsizligini taʼminlash, tabiiy, texnogen va boshqa xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 24 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi toʻgʻrisida”gi 242-sonli qarori Maqsad: Mahalla fuqaro yigʻinlari potensialini mustahkamlash yoʻli bilan favqulodda vaziyatlardan himoyalanish darajasini kuchaytirish. Vazifa: Mahalla fuqaro yigʻinlarida favqulodda vaziyatlar boʻyicha mashgʻulotlar tashkil etish va samarali harakatlanish uchun eng zarur ehtiyoj mollari zahirasini yaratish. |
200,0 |
|
|
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
||||
18. |
Ustuvor yoʻnalish: Turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirilishi va amalga oshirilishini taʼminlash. Asos: 2016 yil 2 dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2666-sonli qaror. Maqsad: Yoshlarni turizm sohasiga jalb qilish hamda tadbirkorlik tashabbuslari va biznes startaplarini qoʻllab-quvvatlash. Vazifa: Yoshlar oʻrtasida turizm sohasidagi samarali biznes startap loyihalar tanlovini oʻtkazish orqali eng yaxshi 10 ta startaplarni qoʻllab-quvvatlash. |
480,0 |
|
|
19. |
Ustuvor yoʻnalish: Turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirilishini taʼminlash. Asos: 2016 yil 2 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2666-sonli qarori Maqsad: Ekoturizmni yanada rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish. Vazifa: Respublikamiz hududlaridagi shifobaxsh suvlar, dardlarga darmon beruvchi noyob tuzlar va boshqa tabiiy imkoniyatlarning turli kasalliklarga davo ekanini mahalliy va xorijiy auditoriya orasida targʻib qilish. |
300,0 |
|
|
20. |
Ustuvor yoʻnalish: Turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirilishini taʼminlash. Asos: 2016 yil 2 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2666-son qarori Maqsad: Sayyohlarning barcha toifalarini qamrab olish, jumladan imkoniyatlari cheklangan shaxslarni sayohat qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. Vazifa: Nogironligi bor shaxslarni diqqatga sazovor maskanlarda erkin sayohat qilish imkoniyatlarini oʻrganish, madaniy meros obyektlarida erkin harakatlanishi uchun zarur sharoit (“toʻsiqsiz muhit” hosil qilish) yaratilishida jamoatchilik nazoratini olib borish
|
400,0 |
|
|
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi |
||||
21. |
Ustuvor yoʻnalish: Respublika hududida joylashgan milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari bilan oʻzaro aloqasi hamda hamkorligini taʼminlash. Asos: 2017 yil 23 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi PQ-2993-sonli Qarori Maqsad: Turli millat va elatlar vakillarining oʻziga xos milliy anʼanalari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini asrab-avaylashga, rivojlantirishga koʻmaklashish hamda millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik hamda hamjihatlikni taʼminlash. Vazifa: Milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari faollarining saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash, millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish va yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ishlarni ommalashtirish. |
700,0 |
|
|
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
||||
22. |
Ustuvor yoʻnalish: Jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish Asos: 2020 yil 29 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6013-sonli Farmon Maqsad: Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga NNTlarni keng jalb qilish va samarali faoliyatini yanada takomillashtirish. Vazifa: NNTlarni korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, sogʻliqni saqlash, davlat xaridlari va taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarini korrupsiya alomatlari mavjudligi yuzasidan tahlillar oʻtkazish. |
220,0 |
|
|
23. |
Ustuvor yoʻnalish: Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish Asos: 2020 yil 29 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6013-sonli farmon Maqsad: Ommaviy axborot vositalari va blogerlarni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga keng jalb etish. Vazifa: Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jurnalist va blogerlarning jurnalistik surishtiruvlarini tashkil etish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish. |
200,0 |
|
|
24. |
Ustuvor yoʻnalish: Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish. Asos:2020 yil 29 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6013-sonli farmon Maqsad: Korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori boʻlgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash Vazifa: Butun respublika boʻylab fuqarolar oʻrtasida korrupsiyaning hayotga taʼsirini baholash, hududlar va sohalar boʻyicha korrupsiya darajasi, sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash va tahlil qilish. |
300,0 |
|
|
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |
||||
25. |
Ustuvor yoʻnalish: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarni, jamiyatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar hamda yangilanishlarni tezkor yoritish. Asos:Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 yanvardagi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qarori Maqsad: www.uza.uz rasmiy saytida islohotlarning tub mohiyatini ochib beradigan tahliliy materiallarni koʻpaytirish. Vazifa: Dolzarb mavzu va ijtimoiy muammolar yuzasidan kichik tadqiqotlar oʻtkazib materiallar tayyorlash. Mavjud vaziyatlar yuzasidan shahar va viloyatlar koʻlamida xolis soʻrovnomalar oʻtkazish va yakuniy xulosa yuzasidan video, matn, grafikali materiallar tayyorlash. |
500,0 |
|
|
|
Jami 25 ta loyiha |
14 800,0 |
|
|
Ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan loyihani amalga oshirishda davlat ijtimoiy buyurtmasining shartlari:
— ijrochi-tashkilot belgilangan tartibda NNT sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi zarur;
— davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida amalga oshiradigan faoliyatning ijrochi-tashkilotning ustavidagi vazifalarga muvofiqligi;
— ijrochi-tashkilotda loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy, kadrlar va texnik imkoniyatning mavjudligi;
— ijrochi-tashkilotda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar va dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi tajribaning mavjudligi;
— loyihani amalga oshirish haqidagi shartnomani sifatli va oʻz vaqtida bajarish, uni amalga oshirish vaqtida ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishni, ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash, amaldagi qonun hujjatalariga toʻliq rioya etish.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilishi uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
- Ariza taqdim etayotgan NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutining rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
- Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining rasmiy www.fundngo.uz veb saytida yoki va t.me/group_jamoat_fondi telegramm kanalida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi uchun ariza;
- Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
- Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
- Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.
Hujjatlar 2021 yil 26 martdan 30 aprelgacha qabul qilinadi. Taqdim etilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar Jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va natijalari eʼlon qilinadi.
Hujjatlar «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi» nomiga «Oʻzbekiston pochtasi» orqali muhrlangan konvertda (A4 format) quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 100163, Toshkent shahri Bunyodkor koʻchasi 1-uy.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining rasmiy www.fundngo.uz veb saytida va t.me/group_jamoat_fondi telegramm kanalida tanishish mumkin.
Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.