NNTlar doirasida davlat granti tanlovlari gʻoliblari aniqlandi

0
121
marta koʻrilgan.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi va Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyasining majlisi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda nodavlat notijirat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun eʼlon qilingan davlat grantlari tanlovlarining natijalari, gʻoliblarga sertifikatlar topshirish va loyihalarning moliyaviy ishlarini amalga oshirish, uchinchi davlat grantini eʼlon qilish hamda boshqa masalalar koʻrib chiqildi.

Oʻtgan vaqt mobaynida oʻtkazilgan yigʻilishlarda davlat roʻyxatidan oʻtgan NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” mavzusida hamda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlashda NNTlar ishtiroki” mavzusidagi tanlovlarga taqdim etilgan mavzular va loyihalar muhokama etildi.
Jumladan, birinchi tanlov boʻyicha 16 ta, ikkinchi tanlov boʻyicha 15 ta, jami 31 mavzular kiritildi. Tanlovlar muddatlari yakunlangach, 40 ta NNTning 45 ta loyihasi roʻyxatga olindi.

Ishchi guruh tomonidan jami 25 ta loyiha gʻolib deb topildi. Xususan, “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” mavzusidagi davlat granti tanlovi boʻyicha taqdim etilgan loyihalarning 15 tasi, “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlashda NNTlar ishtiroki” mavzusidagi davlat granti tanlovida ishtirok etgan loyihalarning esa 10 tasi moliyalashtirish uchun tanlab olindi.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.