NNTlar hayoti va faoliyatiga eʼtibor

0
148
marta koʻrilgan.

Bugun Toshkent shahar Adliya boshqarmasining majlislar zalida Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, Toshkent shahar davlat solik boshqarmasi, Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmasi bilan hamkorlikda davra suhbati boʻlib oʻtdi.

 NNTlar hayoti va faoliyatida yuzaga kelgan muammo va takliflarni oʻrganish, davlat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikni yanada yuksaltirish  maqsadida tashkil etilgan tadbirda  nodavlat va notijorat tashkilotlarining vakillari qatnashdi. 

Ushbu tadbirda Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Omonov ishtirok etib, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining oʻziga xos xususiyatlari va uni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar xususida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.

Moliyaviy hisobotlarni elektron tarzda topshirishning maqsad va amalga oshirish tartibi, nogironlik pensiyasi tayinlash, keksalar va nogironlarni bepul dori va sanotoriylarda dam olishini taʼminlash tartiblari, gender tenglikka bagʻishlangan qonun hujjatlari, yangi Oʻzbekistonning yangi Konstitutsiyasi kabi mavzularda maʼruzalar tinglashdi.

Davra suhbati koʻtarinki ruhda oʻtdi va NNT vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.