Nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari ishtirokida ochiq muloqotlar

0
92
marta koʻrilgan.

Joriy yilning 31 may kuni Toshkent shahar xokimligida Parlament komissiyasi aʼzosi, senator N.Umarov boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari bilan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qullab-quvvatlash Jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining 2023 yil 11 maydagi qaroriga asosan Parlament komissiyasi aʼzolari va jamoat fondi xodimlari tomonidan hududlardagi Kengashlar huzuridagi jamoat komissiyalari va jamoat fondlari faoliyatini monitoring qilish, uslubiy koʻmak koʻrsatish, mahalliy byudjetdan ajratilgan mablagʻlarni manzilli va maqsadli sarflanishi xamda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi va hududiy jamoat fondlaridan berilgan ijtimoiy buyurtma va grantlar natijalari bilan tanishish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari ishtirokida ochiq muloqotlar oʻtkazilmoqda.

Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyasi aʼzolari, Jamoat fondi, Savdo-sanoat palatasi, Milliy madaniy markazlar va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiya va jamoat fondining 2022 yil xamda 2023 yil birinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi, shuningdek, Ishchi guruh tomonidan ularning faoliyatini yanada takomillashtirish, ajratilayotgan mablagʻlarni maqsadli taqsimlash, xududdagi dolzarb muammolarni yechimiga yoʻnaltirish hamda samaradorlikni taʼminlash borasida takliflar berildi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan NNTlar va milliy madaniy markazlar vakillari tomonidan oʻz faoliyati davomida uchrayotgan muammolar yuzasidan savollar berilib, qoniqarli javoblar olindi.

  Xalq deputatlari Toshkent shahar   Kengashi huzuridagi Jamoat fondi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.