Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati va ular koʻtarib chiqqan ijtimoiy tashabbuslari keng qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Masalan, ushbu yil mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida uchta ulugʻvor yangilik, islohot amalga oshirildi.
Birinchisi haqida avval xabar bergan edik. Nodavlat notijorat tashkilotlari hayotidagi yangi islohotlardan biri shuki – ushbu tashkilotlarni qoʻllab quvvatlaydigan hududiy Jamoat fondlari tashkil etildi. Vatan mustaqilligining 30 yilligi arafasida ularning birinchi granti nodavlat notijorat tashkilotlariga topshirildi.
Ikkinchi yangilik – Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etdi. Malaka oshirish kurslarining ellik nafar ilk qaldirgʻochlari ushbu haftada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida taʼlim olib, maxsus sertifikat bilan taqdirlanishdi.
Uchinchi islohot – uchinchi yangilik esa – Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondiga davlat subsidiyasi ajratildi va Mustaqil ekspertlar kengashi qarori bilan tanlovda gʻolib boʻlgan 120 nodavlat notijorat tashkilotlariga grant ajratildi.
Mamlakatimiz Prezidentining sohaga oid qabul qilgan soʻnggi farmon va qarorlarida 2025 yilga qadar 750 nafar nodavlat notijorat tashkilotlar xodimlarining Davlat boshqaruvi akademiyasida malakasini oshirish hamda ularning ijtimoiy loyiha va dasturlarini davlat tomonidan moliyalashtirish hajmini qariyb 2 baravarga koʻpaytirish belgilangan.
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tayyorlagan quyidagi videoda keyingi ikki yangilik oʻz ifodasini topgan.
Raʼno ZARIPOVA, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist
GUJUM.UZ