Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishda davlat ijtimoiy hamkorligining ahamiyati

0
963
marta koʻrilgan.

Joriy yilning 18 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi majlislar zalida ogʻlikni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston ayollar va qizlar uyushmasi bilan hamkorlikda “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishda davlat ijtimoiy hamkorligining roli” mavzuida tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda asosiy eʼtibor, Taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” deb nomlangan birinchi yoʻnalishiga asosan, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini tashkiliy-huquqiy, moliyaviy-iqtisodiy va institutsional jihatdan qoʻllab-quvvatlash, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash hamda inson qadri ulugʻlangan adolatli huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish masalalariga qaratildi.

Qayd etildiki, Prezidentimizning “2021–2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni asosida davlat va nodavlat tashkilotlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik tobora musʼhakamlanib bormoqda. Bular, ijtimoiy loyihalarni, xususan, davlat tomonidan ajratilgan grantlarni, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport, bandlik, ijtimoiy xizmatlar kabi sohalardagi muammolarni hal etish oʻz aksini topmoqda.

Tadbirda soʻz olgan soha vakillari, mazkur Farmonning 5-bandiga asosan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinganligini alohida taʼkidlab oʻtishdi. Bu indeks nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ajratilgan subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar natijadorligi, ayniqsa, ijtimoiy sheriklik darajasi va boshqa muhim faoliyat koʻrsatkichlariga asosan tuziladi.

Shundan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi va Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffoflik standarti ham tasdiqlandi.

Natijada, 100 dan ortiq respublika nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan 2021 yildagi faoliyati yuzasidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida «Eng shaffof nodavlat notijiorat tashkilotlari top – 20» roʻyxati eʼlon qilindi.

Qayd etildiki, mazkur amaliyotlar hamda hududlardagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan kelib tushayotgan takliflarni inobatga olib, OʻzNNTMA va hamkor vazirliklar bilan kelishgan holda, kelgusida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishda davlat ijtimoiy hamkorligining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, hamkorlikning yangi, zamonaviy usullarini amaliyotda qoʻllash boʻyicha qonunchilikka takliflar tayyorlash nazarda tutilmoqda.

Tadbir doirasida Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston ayollar va qizlar uyushmasi hamkorligida ishlab chiqilgan “Davlat rivojlanishida NNTlar oʻrni va roli” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri va Oʻzbekiston ayollar va qizlar uyushmasi hamkorligida amalga oshiriladigan “Sogʻlom avlod – sogʻlom kelajak”  nomli loyihalar taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.

Tadbir soʻnggida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston ayollar va qizlar uyushmasi oʻrtasida uch tomonlama oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

 Memorandumga koʻra, xotin-qizlar, shuningdek, yoshlarni himoya qilish, huquqiy va tibbiy savodxonligini oshirish, ularga maslahatlar berish, yosh avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va rolini kuchaytirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, sohaga oid qonun hujjatlarini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish hamda jamiyatda ijtimoiylashuvi jarayonini kuchaytirishda ularning ishtirokini kengaytirish sohalarida yaqindan hamkorlik masalalari belgilab olindi.

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.