«Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi» fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yangi qadam

0
131
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston hukumati NNTlarni qoʻllab-quvvatlash borasida, xususan ijtimoiy yoʻnalishda aniq, toʻlaqonli siyosatni amalga oshirib kelmoqda. NNTlarni qoʻllab-quvvatlash borasida soʻnggi toʻrt yil ichida qabul qilingan ulkan chora-tadbirlar majmui, ushbu sohani rivojlantirishga kompleks tarzda yondashilayotganini tasdiqlamoqda.

Shu oʻrinda, NNTlarning ehtiyojlarini oʻrganish natijasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida «NNT uylari»ni tashkil etish davlat tashabbusi ekanligiga alohida ahamiyat qaratishimiz lozim (2018 yil 4 may, PF-5430-son).
Prezidentning 2021 yil 4 martdagi PF-6181-son Farmonida 2021 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrida «NNT uylari»ni tashkil etish, ularni foydalanishga topshirish, shuningdek zarur ofis anjomlari, mebel, buyumlar, texnika va boshqa vositalar bilan taʼminlash belgilab qoʻyildi.

Ushbu farmon uchinchi sektorni qoʻllab-quvvatlash masalasi hamisha kun tartibida ekanligini tasdiqlamoqda.

Nodavlat notijorat tashkilotlari kabi fuqarolik instituti mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va yangi ijtimoiy muhim tashabbuslarning paydo boʻlishiga turtki berib kelmoqda. «NNT uyi» ning tashkil etishi esa ularning bir-biridan oʻrganish, tajriba almashish imkoniyatini ham oshiradi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Samarqand hududiy boʻlinmasining yangi binosiga 50 ta NNT joylashtirildi, Unda muhokama maydonchalari va samarali faoliyat olib borish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi fikrimizning dalilidir.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.