Nodavlat notijorat tashkilotlariga grantlarning sertifikatlari topshirildi

0
325
marta koʻrilgan.

Poytaxtdagi Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Oʻzbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi  tomonidan berilgan grantlarni Toshkent shahar gʻoliblariga topshirish tadbiri boʻlib oʻtdi.

NNT mamlakatimiz ijtimoiy – madaniy hayotida faol ishtirok etmoqda. Bu sektorni kuchaytirishga mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev alohida eʼtibor berib kelmoqda. Oliy Majlisga yozgan murojaatnomasida shunday deb taʼkidlagan edi: “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan 200dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Bugungi kunda mamlakatimizda 9200dan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va maʼrifiy maqsadlarga erishishda muhim rol oʻynamoqda”.

Loyihalarga mablagʻ ajratish  orqali hukumatimiz ham nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qoʻllab quvvatlab, samoradorligini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi  mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining qaroriga muvofiq Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat grantining birinchi va ikkinchi tanlovlarining gʻoliblariga sertifikat topshirildi.

Bir guruh OAVlari ham grant olishga muvaffaq boʻlishdi. Jumladan, ular safida Fuqarolik jamiyati”, “Buloqcha”  jurnali tahririyatlari, Inson va qonun”  Adab gavhari” , Jamiyat”  gazetalari tahririyatlari va GUJUM.UZ” sayti tahririyati ham bor.­

Hayotxon Qoʻchqorova

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.