Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi: davlat grantlarini ajratish uchun toʻrtinchi tanlov

0
159
marta koʻrilgan.

“Jamiyatda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va aholi sogʻligʻini mustahkamlashda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish” mavzusida  davlat grantlarini ajratish uchun toʻrtinchi tanlovni EʼLON QILADI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar qabul qilinadi:

  1. Sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni keng targʻib etishda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini yuksaltirish.
  2. Oilalar, mehnat jamoalari va hududlar oʻrtasida musobaqalar oʻtkazishni tashkil etish.
  3. Mahallalar, taʼlim-tarbiya va mehnat jamoalarida sogʻlom ovqatlanish madaniyatini, sanitariya-gigiyena qoidalarini targʻib qilish.
  4. “Sogʻlom ayol — buyuk kelajak” gʻoyasi asosida xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish.
  5. Oilaviy ajrimlar, noqonuniy va erta nikohlarning oldini olishda, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.
  6. Hududlarning sanitariya-ekologik muhitini yaxshilashda, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ijtimoiy sheriklikning ahamiyatini oshirish.
  7. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini yoʻlga quyish.
  8. Favqulodda holatlarda aholiga birinchi yordam koʻrsatish, oʻzini-oʻzi himoya qilish koʻnikmalarini shakllantirish.
  9. Fuqarolarning sogʻlom va jismoniy faolligini oshirish, piyoda hamda tibbiy turizmni targʻib qilish.
  10. Aholini ish bilan band boʻlmagan qismini milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga jalb qilish.
  11. OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda turizm turlarini keng targʻib etish.
  12. Hududlarda chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash va tayyor mahsulot olishning innovatsion texnologiyalarini joriy qilishda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.
  13. Aholining ekologik va tibbiy madaniyatini yuksaltirish, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda OAV rolini oshirish.

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati. 
  2. www.foundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.
  3. Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyati boshqa institutining Ustavi (Nizomi) hamda guvohnomasining nusxalari.
  4. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi.
  5. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʻllab-quvvatlash xatlari. 

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori –40 million soʻmgacha. 

Hujjatlar 2021 yil 25 avgustidan -28 sentyabrigacha qabul qilinadi.

Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, 1-uy. 

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. 

Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.