Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining 2-tanlovi

0
397
marta koʻrilgan.

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi  “Aholining huquqiy ongi, inson huquqlari va muloqot madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik nazoratini tashkil etish” mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 2-tanlovni EʼLON QILADI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:

  1. Davlat organlarida jamoatchilik kengashlari faoliyatining samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
  2. Xalqaro reyting va indekslar, ularning tarkibiy indikatorlarida baholanadigan sohalarida davlat va jamiyat hayotini keng yoritish;
  3. Aholining maʼnaviy-ahloqiy bilimlarini oshirish, oilada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish;
  4. Jamiyatda xotin-qizlarning oʻrni va nufuzini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini taʼminlash;
  5. Inson huquq va erkinliklariga amal qilinishini, har bir shaxsning qadr-qimmatini eʼzozlash haqidagi tafsilotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish;
  6. Xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi boʻlgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish;
  7. Fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining jamiyatdagi oʻrni va rolini kuchaytirish, aholining kundalik muammolari bilan ishlash va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
  8. Mahallalarda qonun ustuvorligini taʼminlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini mustahkamlash;
  9. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali va zamonaviy mexanizmlarini joriy etish hamda ommalashtirish;
  10. Aholi uchun bepul kafolatlangan tibbiy xizmat koʻrsatish ustidan jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlarini va innovatsion usullarini joriy etish;
  11. Ayollar va bolalarni ijtimoiy-huquqiy va maʼnaviy-maʼrifiy qoʻllab-quvvatlashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;
  12. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishning innovatsion shakllarini amaliyotga kiritish;
  13. Sohalar boʻyicha oʻtkazilgan jamoatchilik nazoratining natijalari haqida maxsus tele koʻrsatuv va radio eshittirishlar tayyorlab efirga uzatish, internet va bosma nashrlarda yoritish;
  14. Nizoli vaziyatlar, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatish holatlarini va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni erta bartaraf etishda davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlikni shakllantirish.

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 

  1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati; 
  2. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondininu t.me/group_jamoat_fondi telegram kanalida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
  3. Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
  4. Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi; 
  5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
  6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʻllab-quvvatlash xatlari. 

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 40 million soʻmgacha. 

Hujjatlar 2021 yil 26 martidan 30 apreligacha qabul qilinadi.

Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, 1-uy. 

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining t.me/group_jamoat_fondi telegram kanalida tanishish mumkin.

Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86. 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.