Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining respublika hisobot-saylov konferensiyasi

0
143
marta koʻrilgan.

Joriy yilning 20 aprel kuni  City Palase hotel mexmonxonasining majlislar zalida Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (OʻzNNTMA) ning Respublika hisobot-saylov Konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda OʻzNNTMA taʼsischilari, Kengashi aʼzolari, hududiy hisobot-saylov Konferensiyalarida saylangan delegatlar, xamda taklif etilganlar safida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari, Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirliklar, idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. 

Kun tartibidagi masalalar qatorida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 martdagi “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6181-sonli Farmoni hamda 2021 yil 3 martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5012-sonli Qarorida belgilangan dolzarb vazifalar ijrosini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi loyihasi muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

2018–2020 yillarga moʻljallangan Yoʻl xaritasiga va Ustaviga muvofiq, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanib amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi. Jumladan, Assotsiatsiya tomonidan ayollar va yoshlar, huquqiy savodxonlikni oshirish va keng axoli katlamlari orasida ijtimoyi-gumanitar, ekologiya, iqtisodiyot va taʼlim yoʻnalishlarda olib borilgan faoliyat va amalga oshirilgan ishlarga baho berildi.

Hisobot davrida Assotsiatsiya tomonidan 80 dan ortiq xalqaro va respublika, 300 ta hududiy miqyosidagi tadbirlar, 100 dan ziyod jamoatchilik eshituvlari tashkil etildi va oʻtkazildi. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 100 ta axborot-tahliliy materiallar, 20 dan ortiq metodik qoʻllanmalar tayyorlanganligi qayd etildi.

Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi 2005 yilda 150 dan ortiq NNTlarning tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib, uning asosiy vazifasi – nodavlat notijorat tashkilotlarining saʼy-harakatlarini birlashtirish, ularning faoliyatini rivojlantirish  va qoʻllab quvvatlashga qaratilgan.

OʻzNNTMA Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Oʻzbekiston Respublkasi Advokatlar palatasi kabi bir qator yirik nodavlat notijorat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

Hisobot-saylov konferensiyasida Assotsiatsiyaning yangi taxrirdagi Ustavi, tuzilmasi, atroflicha koʻrib chiqildi va tasdiqlandi. OʻzNNTMA ning kelgusida amalga oshiriladigan ishlari bilan birga, ustuvor yoʻnalishlari xamda asosiy vazifalari muhokama qilindi. Shu bilan birga OʻzNNTMA ga oid tashkiliy masalalar ham koʻrib chiqildi. Jumladan, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi va uning oʻrinbosarlari saylandi. Assotsiatsiya Kengashi taftish komissiyasining yangi tarkibi ham yangilangan tartibda saylandi.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.