Joriy yilning 27 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi konferens-zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha Maslahat kengashining majlisi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Maslahat kengashi qoshidagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosati toʻgʻrisidagi jamoatchilik fikrini tizimli oʻrganish, umumlashtirish va tahlil qilishni tashkil etish va Yoshlarning ijtimoiy rivojlanishini va ularning ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgan islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash komissiyalari tomonidan Maslahat Kengashining “YUL XARITASI”da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan axborotlari tinglandi.
Jumladan, “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi tomonidan aholi va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosat boʻyicha fikrini tizimli oʻrganib borilayotgani taʼkidlab oʻtildi. Shu oʻrinda, 2016-2018 yillar davomida Markaz tomonidan bu borada respublikamizning barcha hududlarida 9ta keng qamrovli va 40dan ziyod manzilli sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazildi.
Ayni vaqtda Markaz tomonidan Oʻzbekiston nogironlar jamiyati va Assotsiatsiyasi hamda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti bilan hamkorlikda nogironlarni davlat tashkilotlariga qilgan murojaatlarining ijrosi boʻyicha nogironlar oʻrtasida sotsiologik tadqiqot amalga oshirilmoqda. Yakuniy natijalar yuzasidan tayyorlangan xujjat joriy yilning avgust oyida Maslaxat Kengashiga taqdim etilishi kuzda tutilgan.
Shu oʻrinda, Yoshlarning ijtimoiy rivojlanishini va ularning ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgan islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha komissiyasining 2019 yilning 1-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti tinglandi. Xususan, Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi vakilining bergan maʼlumotiga koʻra, respublikamiz yoshlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklik asosida davlat va nodavlat tashkilotlari xamkorligida yoshlarning bandligiga koʻmaklashish va ijtimoiy himoyalash, tadbirkorligini rivojlantirish, yosh fermerlarni qoʻllab-quvvatlash, jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ular oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish va maʼnaviyatini yuksaltirish, millatlararo totuvlik masalalari, jismoniy chiniqtirish va sport sohasida oʻz qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish, xalqaro yoshlar tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlash, harbiy qismdagi yoshlar va yosh oilalar bilan ishlash yoʻnalishlar boʻyicha manzilli tadbirlar amalga oshirildi.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida 155 014 nafar yoshlar bandligi taʼminlandi, 27 488 nafar yoshlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan murojaat qilgan boʻlib, ularning soʻrovlari belgilangan tartibda qanoatlantirildi,.
Shu bilan birga, majlisda Ibn Sino Jamoat fondi tomonidan Maslaxat Kengashiga 2020 yilda Abu Ali ibn Sinoning 1040-yillik yubileyini keng nishonlash toʻgʻrisida taklifi kurib chiqildi. Shuningdek, Maslaxat Kengashi tomonidan joriy yilning ikkinchi yarim yilligida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar muxokama etildi.
Hayotxon Qoʻchqorova