Oʻzbekiston va Rossiya jamoat birlashmalarining fan, taʼlim va madaniyat yoʻnalishidagi faoliyati

0
238
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi, “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi hamda Rossiya Federatsiyasining Gorchakov nomidagi “Ommaviy diplomatiya” fondi hamkorligida “Oʻzbekiston va Rossiya jamoat birlashmalarining fan, taʼlim va madaniyat yoʻnalishidagi faoliyati: tajriba, taklif va tavsiyalar” mavzusidagi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

Tadbirda mamlakat Parlamenti, vazirlik va idoralari rahbarlari bilan birga, MDH tashkiloti ekspertlari, mahalliy hamda xorijiy (Rossiya) jamoat birlashmalari vakillari ishtirok etdilar.

Xalqaro konferensiyaning asosiy maqsadi: Mamlakatda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalarining fan, taʼlim va madaniyat yoʻnalishida xalqaro dasturlarda ishtirokini oshirish, xalqaro tajribani oʻrganish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Konferensiya sessiyalarida mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, xalqaro munosabatlarda “xalq diplomatiyasi”ni kengaytirish va bu borada jamoat birlashmalarining rolini oshirish masalalari yuzasidan maʼruzalar qilindi.

Qayd etildiki, Oʻzbekiston va Rossiya munosabatlarining yanada mustahkamlashuvida, ijtimoiy sohalar, fan, taʼlim va sanʼat yoʻnalishlarida har ikki mamlakat jamot birlashmalarining faol ishtirokini taʼminlash va bu maqsad yoʻlida oʻzaro tajriba almashish eng dolzarb masalalarning biridir.

Konferensiya ishida ekspertlar tomonidan mamlakatimizda fan, taʼlim va madaniyat yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan tajribaga ega jamoat birlashmalarining faoliyati tahlil qilinib, ularning bu boradagi ilgʻor tajribalari keng eʼtirof etildi. Jumladan,  “Sharq ayoli” xalqaro jamot fondining faoliyati eʼtirofga sazovorligi taʼkidlandi.

Darhaqiqat, xalqaro madaniy suhbat har ikki davlat uchun ham teng manfaatli boʻlib, ikki tomonlama munosabatlarning yanada mustahkamlanishiga, har ikki mamlakat manfaatlariga birdek taʼsir qiluvchi omillar yoʻlida birlashish, iqtisodiyot, fan, taʼlim masalalarida qoʻllab-quvvatlash kabi uzoq muddatli munosabatlarga xizmat qiladi.

Har ikki mamlakat jamoat birlashmalari oʻttiz yillik hamkorlikka ega boʻlib, oʻzaro bir-birini anglash, madaniyat sohasidagi hamkorlik ancha yuqori baholanadi.

Bulardan koʻrinib turibdiki, mamlkatimizdagi fuqarolik jamiyati institutlarining tashqi iqtisodiy munosabatlardagi faol ishtiroki “xalq diplomatiyasi”da ham har ikki davlat manfaati uchun birdek xizmat qiladi.

Tadbirda milliy tajriba va xalqaro amaliyot mavzusida maʼruzalar tinglandi, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Xalqaro konferensiya yakunida Oʻzbekiston va Rossiya fuqarolik jamiyati institutlarining xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash boʻyicha memorandum imzolandi.

Oʻzbekiston NNTMAning Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.