Oʻzingizni va oilangizni asrang

0
370
marta koʻrilgan.

Bugungi kunda bizning jamiyatimiz tomonidan ham  tojdor virusning oldini olish boʻyicha Prezidentimizning farmon va topshiriqlari hamda hukumatimiz rahbariyati tomonidan chiqarilgan qaror va topshiriqlarga asosan chora tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlib, uning ijrosi boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Oʻzbekiston nogironlar jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda, shuningdek OʻzNNTMA eʼlon qilgan “Men karantin qoidalariga toʻliq rioya qilaman. Siz-chi?” deb nomlangan aksiya doirasida  “Biz birgamiz” shiori ostida ushbu mart oyida olib borilayotgan xayriya aksiyasida har bitta hududlardagi muhtoj nogironligi boʻlgan insonlarga nogironlar aravachasi qoʻltiq tayoq, hassa, quloqi ojizlar uchun maxsus uskuna, koʻzi ojizlar uchun maxsus soat va reabilitatsiya texnik vositalari OʻzNJning hududiy boʻlim va boʻlinmalari tomonidan beminnat berilib kelinmoqda. Shuningdek, ayni kunda jamiyatimiz koʻngillilari tomonidan tibbiy niqoblar tarqatilmoqda.

Bizning davlatimizda tojdor virusga qarshi ehtiyot choralari yaxshi yoʻlga qoʻyilganligidan mamnunmiz.

Vahimaga tushmasdan Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi tomonidan berilgan tavsiyalarga amal qiladigan boʻlsak ushbu virus illati bizdan qochadi, deb oʻylayman. 

Oʻzingiz va oilangizni virusdan asrash uchun asosiy amallar:
1. Qoʻlni  sovunlab, 20 soniya davomida yuving. 
2. Yuz va koʻzingizga tegmang. Iflos qoʻllar bilan yuz va koʻzlarga tegish orqali virusni yuqtirish mumkin ekan.
3.Iloji boricha koʻchaga chiqmang. Burchingiz tufayli  koʻchaga chiqadigan boʻlsangiz salomlashish odabiga rioya qiling. Qoʻlingiz koʻksingizda boʻlsin va masofa saqlang, niqob taqing.

Tojdor virusning oldini olish uchun  hukumatimiz tomonidan barcha chora- tadbirlar amalga oshirildi, ularni qoʻllab quvvatlang. Oʻzingizni va oilangizni asrang. Bu bilan  nafaqat mamlakatimiz, butun dunyo kishilarining salomatligini asragan boʻlasiz, kasallikning oldini olishga  munosib hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Oʻzbekiston nogironlar jamiyati raisi K. ABDULLAYEV

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.