OʻzNNTMA loyihalari xotin-qizlar bandligini taʼminlamoqda

0
210
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Toshkent shahar Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, “Xalq banki”  xamkorligida kam taminlangan ayollarni bandligini taminlash, shuningdek kredit muammosiga javob topish maqsadida yigʻilish oʻtkazdi.

Unda OʻzNNTMA vakillari, kam taʼminlangan oilalar vakillari, xotin-qizlar va tijorat banklari vakillari ishtirok etishdi.

 Ayni paytda yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirish, kasb-hunarga oʻrgatish orqali yangi ish oʻrinlari bilan taʼminlash borasida OʻzNNTMA Toshkent shahar boʻlimi turli targʻibot-tashviqot tadbirlari, amaliy seminarlar oʻtkazib kelmoqda.  “Xalq banki” xodimlari bilan oʻtkazilgan oʻquv-seminarda 60 nafar xotin-qizlarga imtiyozli shartlarda kredit ajratish, ularga oʻz bizneslarini boshlashlariga koʻmaklashish haqida taklif va tavsiyalar berildi.

Yurtimizda koronavirus pandemeyasi davom etayotgan ayni paytda xotin-qizlarni, kam taʼminlangan oilalar vakillarini ish oʻrni bilan taʼminlash, oilalar daromadini oshirishga qaratilgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirishdadavr talabi!.

– Biz nafaqat xotin-qizlarning oʻz tadbirkorligini boshlashi, kasanachilik bilan shugʻullanishlariga koʻmaklashamiz, balki ularni kasb-hunarga oʻrgatish, tijorat banklari vakillari bilan amaliy seminarlar, oʻquvlar tashkil etgan holda oilalarning daromad topishiga ham eʼtibor qaratamiz. Bu esa oʻz navbatida yangidan yangi ish oʻrinlarini yaratilishiga, xotin-qizlarning oʻzini-oʻzi band qilishida ahamiyat kasb etadi – deydi OʻzNNTMA Ayollar va yoshlar bandligi va taʼlim yoʻnalishi bosh konsultanti Muhabbat Bobomurodova.

Tadbir yakunida tijorat banklari vakillari xotin-qizlarning tadbirkorlik, kasanachilik va oʻzini-oʻzi band qilish borasidagi loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirishdi.

Dildora MAVLYANOVA, OʻzNNTMA Toshkent shahar boʻlimi koordinatori

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.