Tojdor virus pandemiyasini yengishda milliy qadriyatlarimizdan biri – salomlashish odabi va shaxsiy gigiyenaga rioya qiling

0
326
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar Milliy  assotsiatsiyasi  kengashi raisi Nasimjon Alimov:Bugungi tojdor virus pandemiyasi har birimizdan shaxsiy gigiyena va virusdan himoyalanish boʻyicha shifokorlar tavsiyalariga qatʼiy amal qilishni talab etmoqda. Xalqimizda azal-azaldan qoʻlini koʻksiga qoʻyib salomlashib, oʻzaro hurmat va ehtiromini koʻrsatgan. Bugun ayrim yurtdoshlarimiz bir-birlari bilan qoʻl berib yoki quchoqlashib koʻrishish vaziyat taqozosiga koʻra mumkin emasligini chuqur anglashi kerak va milliy qadriyatlarimizga monand salomlashish maqsadga muvofiq. Milliy qadriyatlarimiz nihoyatda boy va rang-barangdir. Bunday holatlarda qoʻl berib koʻrishish oʻrniga ikki taraf oʻng qoʻlini koʻksiga qoʻyib, masofa saqlab salomlashishi milliy qadriyatlarimizga ham, bugungi gigiyenik talablarga ham mos keladi…

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.