Vatan mustaqilligining 30 yilligi arafasidagi shodiyonalar: Grant tanlovi gʻoliblariga  sertifikatlar topshirildi

0
217
marta koʻrilgan.

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida bayram shukuhi kezib yuribdi. Xalqimiz buyuk va ulugʻ sana Vatan mustaqilligining 30 yilligini barcha xalqimiz kabi nodavlat notijorat tashkilotlari ham katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

Nodavlat notijorat tashkilotlari hayotidagi yangi islohotlardan biri shuki- ushbu tashkilotlarni qoʻllab quvvatlaydigan hududiy Jamoat fondlari ham tashkil etildi.

Xabaringiz bor, joriy yilning may oyida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi va Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” va “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlashda NNTlar ishtiroki” mavzularida tanlovlar  oʻtkazilib, gʻoliblar eʼlon qilingan edi.

 Toshkent shahar  hokimiyatida 27 avgust kuni gʻoliblarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi direktori Hayotxon Qoʻchqarova qisqa kirish soʻzi bilan ochib gʻoliblarni tabrikladi.

– Tanlovlarda 40 ta nodavlat notijorat tashkilotlari 45 ta loyihalar  bilan qatnashgani va ulardan  23 ta loyiha gʻolib deb topildi. Xususan, “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” mavzusidagi davlat granti tanlovi boʻyicha taqdim etilgan loyihalarning 15 tasi, “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlashda NNTlar ishtiroki” mavzusidagi davlat grantining esa 8 tasi Ishchi guruhi tomonidan tanlab olindi, – deya taʼkidladi.

Shuningdek, tadbirda Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Furqat Maxmudxoʻjayev, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi Kotibiyati mudiri Abdumavlon Qosimov va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari qatnashib, gʻoliblarni qutlashdi.

 Gʻoliblar safida kamina yetakchilik qilayotgan “Sogʻlom ona va bola” markazi ham bor. Shuningdek, taqdirlanganlar orasida Oʻzbekiston Sartaroshlar uyushmasi, Muxammad Yusuf nomidagi jamoat fondi, Oʻzbekiston “MEGA SPORT” havaskor va professional Assotsiatsiyasi, Toshkent shahar “AVDET” Qrimtatar milliy madaniyat markazi kabi nodavlat notijorat tashkilotlari mavjud.

GUJUM.uz  sayti tahririyati barcha gʻoliblarni qutlaydi!

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.