Volontyorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmlari: xalqaro va milliy tajriba

0
168
marta koʻrilgan.

Joriy yilning 27 fevral kuni Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi tashabbusi bilan “Volontyorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmlari: xalqaro va milliy tajriba” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad 2019 yil dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan «Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi doirasida ishlab chiqilayotgan “2020-2021 yillarda volontyorlik faoliyatiga moʻljallangan Davlat maqsadli dasturi» loyihasini muhokama qilish boʻldi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining “2020-2021 yillarga moʻljallangan volontyorlik faoliyati sohasidagi Davlat maqsadli dasturi» loyihasini ishlab chiqish boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari rahbarlaridan iborat ishchi guruh ishtirok etdi.

Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining fuqarolarni tashvishga solayotgan masalalarga davlat organlari eʼtiborini jalb etishdagi rolini oshirishga yordam beruvchi Qonunchilik bazasi, shuningdek, nodavlat tashkilotlarning davlat hokimiyati organlari bilan jamoatchilik nazoratini va ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish boʻyicha takliflari ham takomillashtirilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yil dekabr oyida imzolangan «Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida oʻzining munosib oʻrnini topgan volontyorlik faoliyatini qonuniy asosda oʻzimizda joriy etish zarurligi taʼkidlanadi.

Mazkur Qonunni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi “2020-2021 yillarda Volontyorlik faoliyati uchun Davlat maqsadli dasturi” loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi tashkil etildi.

Ishchi guruhga, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarga koʻngillilarni jalb qilish tajribasidan kelib chiqib, «2020-2021 yillarda  volontyorlik faoliyati uchun Davlat maqsadli dasturi» loyihasiga nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ham kiritildi.

“Davra suhbati” ishtirokchilari yuqorida qayd etilgan Qonun eʼlon qilinganidan soʻng NNT vakillari tomonidan  koʻplab “davra suhbatlari”, seminar va ishchi guruhi uchrashuvlari tashkil etilganini, natijada NNT vakillari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan ushbu loyihaga 20 dan ortiq takliflar tavsiya qilindi.

Jumladan, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari mamlakatimizda volontyorlik faoliyatini rivojlantirish, fuqarolar va volontyorlik tashkilotlarining volontyorlik faoliyatini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash tizimini rivojlantirish, volontyorlar va volontyorlarni muvofiqlashtiruvchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, turli volontyorlik tashkilotlari hamda volontyorlik mehnatidan foydalanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasidagi sheriklik tizimini takomillashtirish va OAVlarida yoritish kabi asosli takliflarni kiritildi.

Muhokamalar davomida tadbir ishtirokchilari tomonidan “2020-2021 yillarga moʻljallangan volontyorlik faoliyati Davlat maqsadli dasturi» loyihasiga NNT vakillari tomonidan tavsiya etilgan takliflar atroflicha koʻrib chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu loyihaning qabul qilinishi mamlakatimizning barcha hududlarida volontyorlik faoliyatni rivojlantirish uchun asos boʻladi.

 Temur  Akimniyazov

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.