Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi va Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyasi faoliyatidan

0
218
marta koʻrilgan.

Xabaringiz bor, joriy yilning may oyida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi va Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” va “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlashda NNTlar ishtiroki” mavzularida tanlovlar eʼlon qilingan edi.

2 avgust kuni masʼul komissiya tomonidan taqdim etilgan loyihalar muhokamasi boʻlib oʻtdi va hozirda ularning har bir yuzasidan xulosalar tayyorlanmoqda.

Maʼlum qilinishicha, tanlovlarga jami 40 ta nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan 45 ta loyihalar yuborilgan. Xususan, birinchi tanlovga 29 ta, ikkinchisiga esa 16 ta loyiha taqdim etilgan.

Loyihalar ijtimoiy himoya, yoshlarni oilaga tayyorlash, sport, millatlararo doʻstlik, ekologiya, nogironlik, tadbirkorlik, inson huquqlari, xotin-qizlar, fuqarolik jamiyati, axborot texnologiyalari kabi bugungi kun uchun dolzarb boʻlgan qator yoʻnalishlarni qamrab olgan.

Komissiya aʼzolarining barchasi har bir loyihaning ahamiyatini atroflicha tahlil qilib, bahologach, gʻoliblar aniqlanadi.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.