Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondi

0
265
marta koʻrilgan.

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash va jamiyatda yangi maʼnaviy makon yaratishda xotin-qizlarning faolligini qoʻllab-quvvatlash, farzand tarbiyasi, oila, xotin-qizlar maʼnaviyatini yuksaltirishda davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorligini yanada kuchaytirish” mavzusidagi Davlat grantining   2023 yil uchun 1-tanlovini eʼlon qiladi.

 Tanlovda davlat roʻyxatidan oʻtgan Toshkent shahridagi NNTlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini quyidagi yoʻnalishlardagi loyihalari koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi: 

  1. Jamiyatda yangi maʼnaviy makon yaratish, ezgu gʻoyalar, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, muqaddas anʼanalarni singdirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlarining samaradorligini oshirishda davlat va nodavlat tashkilotlarning xamkorligi;
  2. Oilalarni mustahkamlash, farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyati, ibratli ota-ona boʻlishning ahamiyati, maʼrifatli jamiyatni qurishda maʼrifatli onalarning rolini keng targʻib qilishda “Ayollar maslahat kengashlari” va boshqa jamoatchilik tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish;
  3. Xotin-qizlarga oila va Vatanga sadoqat, fidoyilik, tashabbuskorlik tuygʻularini singdirish, “odobli qiz” va “maʼrifatli ona” qiyofasini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  4. Qizlar tarbiyasi, oila, onalar maʼnaviyatini yuksaltirish, oilalarda kitobxonlik, mutolaa madaniyatini targʻib etish, oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni shakllantirish, oilaning tarbiyaviy-taʼlim salohiyatini mustahkamlashga koʻmaklashish;
  5. Mahallalarda nikoh yoshidagilar oʻrtasida oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida boʻlish masalalarini hamda “Oila — muqaddas” tushunchasini keng targʻib qilish;
  6. Xotin-qizlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirishda, ularga qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqchil tilda targʻibot- tashviqot ishlarini olib borishda OAVlari hamda nodavlat tashkilotlarning hamkorligi;
  7. Qizlarni tarbiyalash va oilaga tayyorlashda buyuk ajdodlarimiz ugitlarini targʻib qilish hamda ular asosida tavsiyaviy qoʻllanmalar va risolalar chop etish;
  8. Imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni kasbga yoʻnaltirish va yaratilgan imtiyozlardan maqsadli foydalanishda davlat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish.

Tanlovlarda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi soʻraladi: 

  1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati; 
  2. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Jamoat fondining telegramm kanalida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
  3. Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
  4. Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (nusxasi); 
  5.  Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
  6.  Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʻllab-quvvatlash xatlari (imkon qadar).

Bitta loyiha uchun ajratiladigan mablagʻ miqdori – 40 000 000 soʻmgacha. Loyihalar ijro muddati 1 yilgacha muddatda boʻlishi lozim.

Hujjatlarni qabul qilish 2023 yil 16 yanvardan  16 fevralga qadar qabul qilinadi.

Tanlov boʻyicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 formatda): Toshkent shahri, 100066, Islom Karimov shox koʻchasi 51-uy manzilida Toshkent shahar hokimligining 2-qavati 206 xonada joylashgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi nomiga yuborilishi kerak.

Tanlov shartlari va taqdim etilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar toʻgʻrisida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat Fondining “Toshkent shahar Jamoat fondi” kanali, Toshkent shahar hokimligining toshkent.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishish mumkin.

Maʼlumot uchun tel: 97-775-50-51

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.